O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


MTRK FAOLIYATI

Kompaniya xorijiy mamlakatlarning yetakchi teleradiokompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, Koreya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Germaniya kabi davlatlar teleradiokompaniyalari bilan teleradioeshittirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Televizion dastur va filmlar ayirboshlash, mutaxassislar malakasini oshirish, o‘zaro tashkiliy-texnikaviy yordam ko‘rsatish, sohaga oid tajriba almashish ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi. O‘zbekiston MTRK tomonidan muntazam ravishda hamkor chet el teleradiokompaniyalariga respublikamizning tarixi, tabiati, muqaddas qadamjolari, sayyohlik maskanlari, xalqimizning bugungi hayoti va erishayotgan yutuqlari aks etgan o‘nlab nomdagi ko‘rsatuv va hujjatli filmlar namoyish etish uchun taqdim etib kelinadi. O‘z navbatida MTRK telekanallari orqali xorijda ishlab chiqarilgan turli mamlakatlar va xalqlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli, ilmiy-ommabop, badiiy film va dasturlar namoyish etiladi.

Jumladan, tizimdagi teleradiokanallar efirini sifatli va mazmundor mahsulotlar bilan boyitish maqsadida dunyoning yirik televizion mahsulot ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin aloqalar o‘rnatilgan. Ular jumlasida dunyoning mashhur Discovery, National Geographic, BBC kabi kompaniyalari yetakchi o‘rin egallaydi.

Mamlakatimizda raqamli televideniyega texnik-texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida dunyoning yetakchi kompaniya va korporatsiyalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan. Jumladan, Germaniyaning «BFE», «ARRI», Yaponiyaning «SONY», «CANON», «PANASONIC», Litvaning «TVC» Gollandiyaning «FILLIPS» va boshqa kompaniyalar bilan O‘zbekiston MTRK tizimidagi korhona-tashkilotlarni eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, bosqichma-bosqich modernizatsiyalash hamda mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston MTRK 2004 yildan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi teleradioeshittiruvchilar Uyushmasining to‘la huquqli a'zosi sifatida ham mintaqada o‘z o‘rni va mavqeiga ega. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Olimpiada o‘yinlari, futbol bo‘yicha Jahon, Yevropa va Osiyo chempionatlari singari yirik nufuzli xalqaro sport musobaqalarini namoyish etish xuquqlarini qo‘lga kiritishida ushbu xalqaro tashkilot bilan yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari katta ahamiyatga ega.