8. Tanlov quyidagi maqsadlarda o`tkaziladi:
– aholining ta’lim va madaniy saviyasini oshirish, milliy an’analarni, tarixiy va manaviy merosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan tele-, radiodasturlar tayyorlashda mohirlik, professional qobiliyatni oshirish va ijodiy faoliyatni takomillashtirish;
– yaratilayotgan tele-, radiomahsulotlarning axborot va media bozoridagi raqobatbardoshligini taminlash;
– ijodkorlarning kasb mahoratini yuksaltirish, ijodiy faolligini oshirish va sog'lom raqobat muhitini rivojlantirish;
– ijodiy-texnik xodimlarning ijodiy va professional tajribalarini oshirishni rag'batlantirish, kasb mahoratlari va bilimlarini oshirishlari uchun sharoit yaratish hamda sohadagi ilg'or tajribalarni keng ommalashtirish.