III. Tanlovni o`tkazish bosqichlari va ijodiy ishlarni baholash

9. Tanlov har yili an’anaviy tarzda ikki bosqichda, yani saralash va yakuniy bosqichlarda o`tkaziladi.

10. Tanlovning saralash bosqichi har yilning 20 mayigacha mustaqil teleradiokanallar va hududiy teleradiokompaniyalar, «Respublika teleradiomarkazi», «O‘zbektelefilm» davlat unitar korxonalarida, shuningdek, tele, radio sohasida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarda o`tkaziladi.

Tanlovning saralash bosqichiga ijodiy ishlar har bir nominatsiya bo`yicha korxona-tashkilotlarning tegishli muharririyat va studiyalari Badiiy kengashlari yig'ilishlari bayonnomasi bilan birgalikda har yili 1 maygacha taqdim qilinadi.

Tanlovning saralash bosqichini tashkil qilish va o`tkazish tegishli tashkilot va korxonalar buyruqlari bilan o`rnatilgan tartibda tuzilgan Ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

11. Tanlovning saralash bosqichida ijodiy ishlarni tanlab olish va baholash uchun Badiiy kengash azolaridan, tajribali muharrir, rejissyor, tasvirchi, texnik va rassomlardan iborat bo`lgan kamida besh kishilik tarkibda Hakamlar hayati tuziladi.

Kompaniya tizimidagi korxona va tashkilotlarda tuziladigan Hakamlar hayati tarkibi Kompaniya rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Tele, radio sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa korxonalarning Hakamlar hayati tarkibi o`rnatilgan tartibda Kompaniya bilan kelishgan holda tuziladi.

12. Hakamlar hayati Tanlovning saralash bosqichiga taqdim etilgan ijodiy ishlarni mazkur Nizom talablari va tele, radio sohasi mezonlariga muvofiq ko`rib chiqib baholaydi va «MTRK SOVRINI» uchun an’anaviy ko`rik-tanloviga taqdim etiladigan ijodiy ishlarni ajratib beradi hamda tegishli yig'ilish qarorlarini rasmiylashtiradi.

Tashkilot va korxonalar o`rnatilgan tartibda Hakamlar hayati Tanlovning saralash bosqichida tanlab olgan ijodiy ishlarni «MTRK SOVRINI» uchun an’anaviy ko`rik-tanlovini o`tkazish Tashkiliy qo`mitasiga taqdim etadi.

13. «MTRK SOVRINI» uchun an’anaviy ko`rik-tanlovini o`tkazish Tashkiliy qo`mitasi Tanlovning saralash bosqichining mazkur Nizom talablariga muvofiq o`tishini taminlashda tanlov o`tkazilayotgan korxona va tashkilotlarga amaliy yordam ko`rsatadi.

14. Tanlovning yakuniy bosqichi har yili iyun oyining ikkinchi o`n kunligida o`tkaziladi.

Tanlovning yakuniy bosqichiga ijodiy ishlar ikki nusxada tegishliligicha audio, video kasseta yoki DVD/VCD/CD formatda, stsenariylar va hayat yig'ilishi qarorlari ilova qilingan holda, har yili 25 mayigacha taqdim etiladi.

15. Tanlovning yakuniy bosqichini baholash uchun korxona va tashkilotlar rahbarlaridan, Ijodiy va Badiiy kengash azolaridan, tajribali muharrir, rejissyor, tasvirchi, texnik va rassomlaridan iborat bo`lgan, kamida to`qqiz kishilik tarkibda Hakamlar hayati tuziladi. Hakamlar hayati tarkibi Kompaniya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Hakamlar hayati tarkibiga Kompaniya tizimiga kirmagan tele, radio sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar vakillaridan ham qo`shimcha azolar kiritilishi mumkin.

16. Hakamlar hayati ijodiy ishlarning har birini kollegial tarzda muayyan balli tizimda baholaydi va xulosaga keladi. Hakamlar hayatining har bir azosi bir ovozga ega bo`ladi, hayatning yakuniy xulosasi muhokama etilmaydi.

17. Hakamlar hayatining xulosalari o`rnatilgan tartibda hujjatlashtiriladi va yig'ilish qarorlari hayat azolarining imzosi bilan tasdiqlanadi.

18. «MTRK SOVRINI» uchun an’anaviy ko`rik-tanlovini o`tkazish Tashkiliy qo`mitasi:

«MTRK SOVRINI» uchun an’anaviy ko`rik-tanlovi Hakamlar hayati yig'ilish qarorlariga binoan nominatsiya g'oliblarini taqdirlash bo`yicha O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining tegishli buyrug'i loyihasini tayyorlab rasmiylashtirilishini;

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining buyrug'iga muvofiq «MTRK SOVRINI» uchun an’anaviy ko`rik-tanlovi g'oliblarini taqdirlash tadbirining o`tkazilishini taminlaydi.

    19.25, 20.00, 20.55 E'lonlar
  • 02:50
    Ayol baxti
  • 03:05
    Iftixor
  • 03:10
    Assalom, O`zbekiston!
  • 04:00
    Axborot
  • 04:40
    Oltin meros
  • 04:50
    Milliy serial: «Opa - singillar»
  • 05:30
    Ikki daryo oralig'ida
  • 05:50
    Ochun
  • 02:30
    Yoshlar-FM
  • 04:10
    Mo`jizaviy dunyo
  • 05:10
    Tarannum
    Multfilm
  • 02:00
    Tennis. ATR\ WTA turniri
  • 03:15
    Futbol. 1\2 final. Venesuela - Paragvay
  • 02:15
    «Jizn v mikromire». D/f. 4-qism
  • 03:05
    Anons
  • 03:10
    O`ylarim
  • 03:15
    Islohot odimlari
  • 03:30
    Eko-poytaxt
  • 03:40
    Anons
  • 03:45
    «Amadeus». B/f. 1-qism
  • 05:00
    Salom, Toshkent!

Savol

Sizning fikringizcha, muayyan bir xabar yoki yangilik qaysi OAVsida kengroq yoritilib, chuqurroq tahlil qilib beriladi