IV. Tanlov nominatsiyalari

19. Tanlov quyidagi asosiy nominatsiyalar bo`yicha o`tkaziladi:

«Eng yaxshi teledastur» 1 ta o`rin;

«Eng yaxshi radiodastur» 1 ta o`rin;

«Eng yaxshi informatsion dastur» 2 ta o`rin (bitta radio, bitta televidenie);

«Yil dasturi yoritilgan eng yaxshi tele-, radiomahsulot» 2 ta o`rin (bitta radio, bitta televidenie);

«Eng yaxshi milliy serial stsenariysi» 2 ta o`rin (bitta radio, bitta televidenie);

«Eng yaxshi tele-, radiorolik» 2 ta o`rin (bitta radio, bitta televidenie).

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi har yili ko`rik-tanlov o`tkazish bo`yicha qabul qiladigan buyrug'i bilan qo`shimcha ravishda yangi nominatsiyalar kiritishi mumkin.

20. Har bir nominatsiya bo`yicha bittadan g'oliblik va bittadan rag'batlantiruvchi o`rinlar belgilanadi.

21. «MTRK SOVRINI» uchun an’anaviy ko`rik-tanloviga taqdim etilgan ijodiy ishlar quyidagi mezonlarga asosan baholanadi:

«Eng yaxshi teledastur», «Eng yaxshi radiodastur», «Eng yaxshi tele-, radiorolik» nominatsiyalari bo`yicha ijodiy ishlar — aholining talim va madaniy saviyasini oshirish, milliy an’analarni, tarixiy va manaviy merosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan bo`lishi;

«Eng yaxshi informatsion dastur» — O`zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ro`y berayotgan, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan demokratik o`zgarishlar hamda yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan mamlakat aholisi, shuningdek chet el jamoatchiligini har tomonlama xolis xabardor qilib borishga yo`naltirilgan bo`lishi;

«Yil dasturi yoritilgan eng yaxshi tele-, radiomahsulot» — yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosatni izchil davom ettirish, uning samaradorligi va tasirini oshirish, jamiyatimizda insonparvarlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida har yili O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan qabul qilinadigan Davlat dasturining maqsad va vazifalarini keng qamrovli tushuntirishga, dasturni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishga, respublika va mahalliy boshqaruv organlari, jamoat hamda nohukumat tuzilmalarining dasturda belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida amalga oshirgan ishlarini yoritib berishga qaratilgan bo`lishi;

«Eng yaxshi milliy serial stsenariysi» — milliy an’analarni, tarixiy va manaviy merosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan bo`lishi talab etiladi.

    19.25, 20.00, 20.55 E'lonlar
  • 02:50
    Ayol baxti
  • 03:05
    Iftixor
  • 03:10
    Assalom, O`zbekiston!
  • 04:00
    Axborot
  • 04:40
    Oltin meros
  • 04:50
    Milliy serial: «Opa - singillar»
  • 05:30
    Ikki daryo oralig'ida
  • 05:50
    Ochun
  • 02:30
    Yoshlar-FM
  • 04:10
    Mo`jizaviy dunyo
  • 05:10
    Tarannum
    Multfilm
  • 02:00
    Tennis. ATR\ WTA turniri
  • 03:15
    Futbol. 1\2 final. Venesuela - Paragvay
  • 02:15
    «Jizn v mikromire». D/f. 4-qism
  • 03:05
    Anons
  • 03:10
    O`ylarim
  • 03:15
    Islohot odimlari
  • 03:30
    Eko-poytaxt
  • 03:40
    Anons
  • 03:45
    «Amadeus». B/f. 1-qism
  • 05:00
    Salom, Toshkent!

Savol

Sizning fikringizcha, muayyan bir xabar yoki yangilik qaysi OAVsida kengroq yoritilib, chuqurroq tahlil qilib beriladi