
23. Tanlovning g'oliblik va rag'batlantiruvchi o`rinlarga munosib deb topilgan ijodiy ishlar quyidagicha taqdirlanadi:
G'oliblik uchun – birinchi darajali diplom va O`zbekiston Respublikasida o`rnatilgan eng kam oylik ish haqining 25 (yigirma besh) barobari miqdorida pul mukofoti;
Rag'batlantiruvchi o`rin uchun – ikkinchi darajali diplom va O`zbekiston Respublikasida o`rnatilgan eng kam oylik ish haqining 15 (o`n besh) barobari miqdorida pul mukofoti;
24. Tanlov g'oliblari va sovrindorlarini taqdirlash bilan bog'liq xarajatlar Kompaniyaning yillik smetasiga kiritilgan holda Rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash fondi mablag'lari, Birlashgan kasaba uyushma qo`mitasi hamda qonunchilikka zid bo`lmagan homiylik mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Kompaniya tizimiga kirmagan tele, radio sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar tanlovda o`rnatilgan tartibda homiylik mablag'lari bilan ishtirok etishlari mumkin.
25. O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tanlovni o`tkazishga ajratilgan mablag'lar va mukofotlardan kelib chiqib, har yili ko`rik-tanlov o`tkazish bo`yicha qabul qiladigan buyrug'i bilan mazkur Nizomning g'olib va sovrindorlarni taqdirlashga o`zgartirishlar kiritishi mumkin.
- I. Umumiy qoidalar
- II. Tanlovning maqsadi
- III. Tanlovni o`tkazish bosqichlari va ijodiy ishlarni baholash
- IV. Tanlov nominatsiyalari
- V. Tanlov g'oliblarini taqdirlash