Hozirgi kunda kundalik hayotimizni oynai jahonsiz tasavvur
qilolmaymiz . Texnika taraqqiyot etgan sari televizorlar ham rivojlanib ,
mukammallashib bormoqda . Ammo ana shu televizorning tarixi haqida nimalar
bilasiz ?
|
|
|
Televizor Rekord 1956 yil ishlab chiqarilgan. |
Ma ’ lumki , ommaviy axborot vositalari orasida televideniye
eng kenjasi bo ’ lib , mamlakatimizda uning paydo bo ’ lganiga deyarli yarim asr
bo ’ lay deb qoldi . Tasvirni bir manzildan , boshqa manzilga uzatishga urinish
ishlari XIX asr o ’ rtalarida olib borilgan . Ingliz mexanigi A.Benua surat
xolidagi tasvirni uzatish apparatini 1843 yili ixtiro qilgan. A.Benua qog’ozday
ingichka qalay parchasiga tasvir tushirib, maxsus siyoh yordamida yozuvlar
bitib, qalay taxtachani tasvir tarqatuvchi apparatga o’rnatgan. Tasvirni qabul
qiladigan apparatga esa elektr toki ta’sirida xiralashadigan maxsus, qog’oz
o’rnatgan. Tasvirni elektr quvvati yordamida masofaga uzatadigan yana bir texnik
uskuna loyihasi 1858 yilda Rossiya rasmiy doiralarida muhokama qilganligi haqida
ham ma’lumotlar bor.
1897 yili bir muhim ixtiro qilinadi, nemis fizik olimi K.F.
Braun osselograf uchun nur tarqatuvchi elektron trubka yaratdi. Ana shundan
so’nggina Peterburg Texnologiya INstituti professori Boris Lvovich Pozing
television tasvirni qabul qilish, uni bir manzildan boshqa manzilga uzatishga
muvaffaq bo’ladi. 1907 yili B.Rozing tasvirni masofaga uzatishda nur tarqatuvchi
electron trubkani qo’llashnitaklif etadi. 1911 yili 22(9) mayda Rozing yorug’
fonda bir-biriga parallel ikkita qora chizig’ini nur tarqatuvchi electron
trubkada qabulqilishni tajribada sinab ko’rdi.
Toshkentning Shayxontohur mavzesidagi Bola masjid ko’chasi,
74-uyda, (hozirgi Navoiy ko’chasidagi 199 uy. Hozirgi Toshkent televideniyesi
markazi yonida) Yusufxon aka va Hamza opa Mirzamuhamedovlar uyida, 1925-1928
yillarda tasvirni ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi tomonlari to’la electron
tizimiga asoslangan hozirgi zamon televideniyesi yaratilib, jahonda birinchi
bo’lib harakatdagi haqiqiy television tasvir qabul qilindi. Ushbu ixtiro
asoschilari o’sha paytdagi Eski shaharning so’lim hovlisidagi boloxonali uyning
bir xonasida yashovchi Boris Grabovskiy bilan Ivan Belyanskiylar edilar.
|
|
Televizor KVN 4a - 1948 yil ishlab chiqarilgan. (1 - ko`rinish) |
1928 yilning 4 avgust kuni teletasvirni uzatuvchi apparat
ko’chaga o’rnatildi. «Xiva» kinoteatri oldiga o’rnatilgan telemajmuaning
tasvirni qabul qiluvchi qismida o’tib ketayotgan tramvay ko’rindi. Bu dunyoda
birinchi bor ko’chada to’g’ridan-to’g’ri olib ko’rsatilayotgan telereportaj –
toshkentlik ixtirochilarning katta g’alabasi edi.
Televizor haqida ma’lumot beradigan bo’lsak, u
telestudiyalardan uzatiladigan teleeshittirishlarning signallarini qabul
qilish,kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun mo’ljallangan
radioelektron qurilma. Televizorning rangli va oq-qora, statsiognar va ko’chma
xillari bor. Televizion markazdan tarqatilgan electr signallarini to’lqinlarni
qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orqalitelevizorga uzatiladi. Bunda
tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, so’ngra kineskop
va radiokarnayga o’tadi. Generatorlar vositasida kineskop ekranida television
rastr hosil qilinadi. Oq-qora televizorda tasvir tasvir signallari qora va
yorug’ elementlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Qabul qilinadigan dasturlar
soniga qarab, televizor bir, uch, besh, o’n ikki, o’ttiz bir va hokazo kanallari
bo’ladi. Televizorda qabul qilish uchun metrli to’lqinlardiapazonida ishlaydigan
televizion kanallardan foydalaniladi. Detsimetrli diapazondagi dasturlarni qabul
qilish uchun televizorlarga alohida moslama – konverton qo’yiladi. U detsimetrli
signalni qabul qilib, chastotasini birinchi, ikkinchi yoki boshqa television
kanal chastotasiga moslab beradi. Televizorlarning tuzilishi
standartlashtirilgan. Uning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashlb ulash
bloki, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr
quvvatlari bilan ta’minlovchi blokdan iborat. Telestudiyalar bir necha dasturni
bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini ko’rish uchun televizorda sozlash blokidan
foydalaniladi. Bu sozlash bloki yuqori chastotali kuchaytirgich bilan
tutashtirilgan bo’ladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan
chastotalarda uzatilganligi uchunbu signallar kuchaytirilganidan so’ng yuqori
chastotali tebranishlar ajraladi va boshqa-boshqa mustaqil kanallar bo’yicha
ketadi. Tovush signallari tebranishlari tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida
detector yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi.
Rangli televizorlarning tuzilishi ancha murakkab, ular oq-qora televizorlardan
ranglar kanali bloki va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televideniye
tizimi uch kanalli bo’ladi. Monoxrom tashkil etuvchilar – qizil, ko’k va zangori
ranglar rang qorgichchida aralashadi, so’ngra uzatgich modilyatoriga o’tadi.
Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan uch chastota kanaliga bo’linib, rangli
kineskopga o’tadi. Sifat ko’rsatkichlari, ekranning o’lchami va foydalanishga
qulayligi bo’yicha televizor to’rt sinfga bo’linadi: I – III sinfdagisi –
statsionar televizorlar, IV sinfdagisi – portativ, ya’ni ko’chma televizorlar,
odatda, televizorlar bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konstruktiv
bloklardan tuziladi. Televizorlarda asosan, yarim o’tkazgichli asboblar,
integral platalar, tranzistorlar qo’llaniladi. Ekrani tekis va
elektrlyuminiforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli televizorlar
yaratilgan.