Teledasturlar
- 19:30
- «Axborot». /rus /
- 20:05
- TV - anons
- 20:10
- Milliy serial: «Mehmonjonlardan aylanay»
Anons
“NAFOSATGA YO`G'RILGAN MATONAT”
“O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi dunyo bo`yicha eng xavfsiz kompaniya, deb tan olingan. Bu yerda xalqaro andozalarga mos keladigan servis xizmatlari mavjud. Tizimdagi faoliyatni yanada rivojlantirish borasida bort kuzatuvchisi o`quv markazlarida qizlarni tayyorlash, yo`lovchilarga sifatli xizmat ko`rsatish yaxshi yo`lga qo`yilgan. Samo malikalarining bir kunlik faoliyati haqida bilishni istasangiz, “Nafosatga yo`g'rilgan matonat” ko`rsatuvini tomosha qiling.
FUTBOL. OSIYO CHEMPIONLARI LIGASI
Ilk uchrashuvini g'alaba bilan boshlagan “Bunyodkor” navbatdagi o`yinni Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi klublaridan biri “Al Vaxda” jamoasiga qarshi o`tkazadi. Yurtdoshlarimiz uchun qiziqarli bo`lgan ushbu uchrashuv “Sport” teleradiokanali tomonidan to`g'ridan-to`g'ri tomoshabinlar etiboriga havola etiladi. Futbolchilarimiz yurtidan olisda, “Al Vaxda” jamoasining yashil maydonida to`p sursa-da, ishqibozlarining qo`llab-quvvatlashlarini qalbdan his qilib turishlariga ishonchimiz komil.



















