Taklifnoma
Ko`rsatuvlar qanday tayyorlanishini bilishni istaysizmi? Sevimli teleboshlovchingizni nafaqat ekranda ko`rishni hohlaysizmi? Endi siz O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining sayti orqali o`z chiptalaringizni olishingiz mumkin.
Teleko`rsatuvga taklifnoma olish juda oson. So`rovnomani to`ldiring, nima uchun shu yoki boshqa teleko`rsatuvni tasvirga olishda qatnashmoqchi ekanligingizni yozing va Chipta siznikidir!
Teleko`rsatuvda qatnashish uchun taklifnomalar BEPUL.
Qoidalar
- Teleko’rsatuvda O`zbekistonning hohlagan fuqarosi qatnashishi mumkin.
- So`rovnomani to`liq va aniq to`ldiring (qatorni barchasi to’ldirilishi shart) va bizga yuboring.
- Ko`rsatuvda ishtirok etish buyurtmasi ko`rsatuv efirga chiqishidan 10 kun oldin qabul qilinadi.
- Siz tomondan jo`natilgan ma’lumotlar ko`rib chiqiladi va bizning xodimlarimiz siz bilan bog’lanadi.
- O`zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi boshqa viloyatlardan kelgan ishtirokchilarga Toshkent shahriga kelishi bilan bog’liq yo`l va boshqa harajatlarni to`lamaydi.
- Teleko`rsatuvlarning taklifnomalar soni cheklangan.
- O`zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi taklifnoma berilishini sabablarini bayon etmasdan rad etish huquqini o`zida qoldiradi.















