Teledasturlar

07:45
Tonggi navolar
08:00
Axborot
08:35
TV - anons
07:30
Tonggi parvoz
08:00
Milliy kino: «Kichkina tabib»
09:30
Ko`klam navolari
07:45
Sport - mening µayotim
08:10
Quvnoq startlar
08:50
Futbol. Chempionat Italii. «Napoli» - «Fiorentina»
07:30
Salom, Toshkent!
08:30
Biznes«Poytaxt»
08:35
Mumtoz navolar

Anons

 

Farg'ona viloyati teleradiokompaniyasi

Viloyat radioeshittirishlari "Far’onadan gapiramiz" sizlari bilan 1932 yilda efirga chiqqan.

Har sutkada 1.5 soatdan efirga uzatilgan eshittirishlar o’zbek, rus, tojik tillarida olib borilgan.

1991 yil 22 dekabr kuni viloyat televideniesining ilk ko’rsatuvi efirga uzatildi. Shaftasiga 1 soatdan ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi turkum ko’rsatuvlar shamda viloyat xabarlari efirga berib borildi.

Viloyat televideniesi ko’rsatuvlarini tayyorlash va efirga uzatishda "Panasonic" videomagnitafonlari, videokameralari, videomiksher va videomonitorlardan foydalanilgan. Ularning barchasi Yaponiyada ishlab chiqarilgan.

Viloyat radioeshittirishlari mas'ul muharriri Vasilevning yuqori idoralarga ma'lum qilishicha 1948 yilda radioeshittirishlari orqali jami 3226 ta chiqish qilingan. O’zbek va rus tillarida xilma-xil janrda berilgan bu eshittirishlarda viloyat ijtimoiy hayotining barcha sohalari qamrab olingan. 1723 ta eshittirish o’zbek, 1503 tasi rus tillarida efirga chiqqan. 1948 yil boshida Farg’ona viloyatida 5069 VAAT quvvatga ega bo’lgan 16 ta radiouzel, 6209 radiouyida ishlagan bo’lsa, yil oxiriga borib, 5430 VAAT quvvatli 18 ta radnouzel aholiga xizmat ko’rsatgan. 440 ta radionuqta o’rnatish rejalashtirilgani holda 716 taga bajarilgan.

60-yillarga kelib mamlakat radioqo’mitasi Farg’onada IV klassdagi radio uyini qurishga mablag’ ajratdi. 8-qurilish trestining 2-qurilish boshqarmasi quruvchilari 1962 yilda binoni foydalanishga topshirdilar. Eshittirishlar shu yildan boshlab ana shu binodan dastlab 75 metr, singari 66,5 metr qisqa to’lqinlarda efirga uzatila boshladi. Radioeshittirish qo’mitasi ijodiy jamoasi malakali kadrlar xisobiga mustaxkamlandi.

60-yillargacha bu yerda birorta oliy ma'lumotli mutaxassis ishlamagan bo’lsa, 80-yillarda 15 nafar oliy ma'lumotli mutaxassislar mehnat qila boshladi.

1966 yildan viloyatda tojik tilidagi eshittirishlar qayta tiklangan bo’lsa, 1968 yilning 13 fevralidan qrim tatar tilidagi eshittirishlar yo’lga qo’yildi. Haftada 2 marta beriladigan eshittirishlar 10 minutdanni tashkil qilingan.

1980 yilda aloqa vazirligi xisobidagi radiokuzatuvtalarning soni 16 mingga yetgan. Har yuz nafar viloyat asholisiga 20 tadan radionuta xizmat qilgan. Ana shu davrda viloyatdagi 1219 ta aholi punkti radiolashtirilgan. Bu 96 foizni tashkil etadi.

Farg’ona viloyati teleradiokompanyasi tasarrufidagi bo’linmalar:

  • Viloyat radiosi
  • Viloyat televideniesi
    • "Farg’ona" telekanali
    • "Kamolot" telekanali
    • "Sport" tahririyati
    • "Axborot" xizmati guruhi
  • Tijorat direksiyasi

Viloyat radiosi ayni paytda kuniga 1 soat 15 daqiqa xajmida eshittirishlarni efirga uzatmoqda. Eshittirishlar izbek, tojik va rus tillarida olib boriladi. Radioeshittirishlarning yillik umumiy shajmi 456 soat 15 daqiqa.

Eshittirishlar xar kuni maxalliy vaqt bilan soat 14:00 dan 15:15 gacha efirga tarqatiladi.

Viloyat televideniesi ko’rsatuvlari hajmi haftasiga 18 soatni tashkil etyapti. Bir oylik teleko’rsatuvlar 84 soatga yetmoqda. Shundan 41,2 soati o’z hisobidan tayyorlanmoqda. Ko’rsatuvlar asosan o’zbek tilida olib boriladi. Tojik tilida "Paynandi dilo", rus tilida "Tema dnya" ko’rsatuvlari efirga uzatilyapti. Kundalik yangiliklar va xabarlarni aholiga tezkor yetkazish maqsadida alohida "Axborot" guruhi tashkil etilgan.

Viloyat teleradiokompanyasining "Sport" tahririyati tashkil etilgan. 1999 yil 1 dekabrda S$x televideniesi tashkil topdi. Mahalliy televidenie tojik va o’zbek tillarida haftasiga 8 soat ko’rsatuvlarni namoyish etmoqda.

Viloyat teleradiokompaniyasida hozirgi kunda 1 ta radiostudiya va 1 ta telestudiya mavjud. Ularga 4 ta "STM-610" ovoz yozish magnitafoni (Vengriya),

4 ta "MEZ-109" ovoz yozish magnitafoni (Rossiya), 1 ta P-71 ovoz pulti o’rnatilgan. Radioeshittirishlarni tayyorlashda 6 dona Vengriyada ishlab chiqarilgan "Repartyor-7" dan foydalaniladi. Yaponiyada tayyorlangan ixcham diktafonlar ham qo’llanilmoqda. Telekirsatuvlarni yozib olishda VNS "Panasonik" videokameralari va videomagnitafonlaridan foydalaniladi.

"Farg’ona va farg’onaliklar" ko’rsatuvida viloyatning o’ziga xos xususiyatlari, zamondoshlarning ibratli ishlari, hayot yo’llari haqida hikoya qilinadi.

"Munosabat" axborot tahliliy dasturida kunning eng muhim voqiealari muloxazalar asosida yoritiladi.