Teledasturlar
- 08:30
- Malaxov
- 09:20
- Futbol. Osiyo chempionlari ligasi. «Paxtakor»– «Al shabab» (Saudiya Arabistoni)
- 11:00
- Anons
Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi
Teleradiokompaniyaning tashkil etilishi bilan bog’liq tarixiy ma'lumotlar.
Viloyat radiosi 1936 yilda, Xorazm televideniesi 1961 yilda tashkil etilgan. Birinchi kirsatuv 1961 yil 31 dekabr kuni efirga uzatilgan.
Tashkilot o’sha davrda "Xorazm oblast televidenie va radioeshittirish davlat komiteti" deb nomlangan.
Xorazm televideniesi o’z faoliyatini boshlagan ilk davrlarda eni 3 metr, bo’yi 4 metr xajmdagi kichik studiyaga va "PTS-Z" markali televizion uskunaga ega bo’lgan xolos. Shuningdek, "Ukraina" kinoproektorlaridan foydalanilgan.
Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tarkibida ma'muriy boshqaruv bilimi, tematik ko’rsatuvlar bo’limi, ijtimoiy-siyosiy ko’rsatuvlar bo’limi, tijorat bo’limi, marketing va rejalashtirish bo’limi, rejissyorlar bo’limi, teleoperatorlar bo’limi, bosh muxandis xizmati, avtoxo’jalik bo’limi va viloyat radiosi faoliyat ko’rsatadi.
Hozirgi kunda viloyat teleradiokompaniyasi tasarrufida 1 ta telestudiya va 1 ta radiostudiya ishlab turibdi. Telestudiya 3 ta stasionar televizion kamera va boshqaruv pultiga ega ASK tizimi bilan jixozlangan. Radiostudiya Vengriyada ishlab chiqarilgan ovoz yozish pultiga ega.
Viloyat teleradiokompaniyasida "Tezkor axborot", tematik ko’rsatuvlar, ijtimoiy-siyosiy ko’rsatuvlar, tijorat, marketing va rejalashtirish bo’limlari faoliyat ko’rsatmoqda. Tezkor axborot bo’limi viloyat televideniesi va radiosi uchun yangiliklar dasturlarini tayyorlaydi.
Tijorat bo’limi reklama va e'lonlar, tabriklar, buyurtmalar asosida tijorat ko’rsatuvlari tayyorlash bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy-siyosiy ko’rsatuvlar bo’limida voxa ijtimoiy hayoti, siyosiy jarayonlar, ishlab chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlaridan mavzuli ko’rsatuvlar tayyorlanadi.
Xorazm viloyati qo’shni Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh. Chegara xududlaridagi aholining turmush tarzi, muammolari xususida "Bir kelib keting qishlog’imizga", "Tutash taqdirlar", "Oazis", "Tabiat taqdirimizda" ko’rsatuvlarida atroflicha xikoya qilib boriladi. Undan tashqari
davlatlararo chegara qonun-qoidalariga rioya qilishni targ’ib etuvchi viloyat prokuraturasi matbuot markazi bilan xamkorlikda tayyorlangan "Chegarani xurmat qilish kerak" filmi viloyat televideniesi orqali bir necha bor namoyish etildi. Bevosita muloqot ko’rsatuvlarida viloyat ichki ishlar boshqarmasi, bojxona chegara qo’shinlari xarbiy qismlari raxbarlari ishtirokida dolzarb mavzularda suxbatlar teletomoshabinlar bilan savoljavoblar tashkil qilindi.



















