Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi 1982 yil aprel oyida tashkil etilgan, uning tarkibida faqat viloyat radiosi va shaxar tuman radiolari faoliyat olib borgan.
Teleradiokompaniya va uning shaxar, tumanlardagi bo`limlari eski, moslashtirilgan yoki ijaraga olingan xech qanday sharoit bo`lmagan binolarda ish boshlagan. Shu davrda studiya yo`qligi sababli radio eshittirishlar UAZ avtomashinasiga o`rnatilgan ko`chma radiostudiyalar yordamida efirga uzatilgan. Dastlab M3-28 magnitafonlari, R-6, R-5, R-7 reportyorlarida, Tesla pultlarida ishlangan. Ayni kunda viloyat televideniyesi ko`rsatuvlari DVD va SP formatida tayyorlab efirga uzatilmoqda. Teleradiokompaniyada faoliyat ko`rsatuvchi xodimlar soni 71 nafarni tashkil etadi. 2004 yil may oyida Teleradiokompaniyaning yangi binosiga ko`chib o`tildi. Bu yerda ijodiy xamda texnik xodimlarga qulay ish sharoitlari yaratishga xarakat qilinayapti.
Dastlab teleko`rsatuvlar birinchi avlod videotexnikalari yordamida, tayyorlanishiga qaramasdan jurnalistlarning fidoyiliklari tufayli o`z vaqtida va efirga sifatli qilib uzatilishiga erishildi.
Ko`rsatuvlar xaftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari faqat o`zbek tilida 2 soatdan efirga uzatilgan. Bugunga kelib viloyat televideniyesi xududdagi eng tezkor va eng ommaviy axborot vositasiga aylandi. Viloyat televideniyesi bugun o`zbek, qozoq va rus tillarida xaftaning xar kuni bir xaftada jami 9 soat 20 daqiqa mobaynida ko`rsatuvlarni efirga uzatmoqda. Jamoa a'zolarining asosiy qismi yoshlar tashkil etadi.
Viloyat televideniyesi xozirgi kunda 4 ta VHS, SPvideo kameralari (Panasonik), 4 ta SP video magnitafonlari, video miksherlar, audio miksherlar, 2 ta Pentium montaj kompyuterlarida ko`rsatuv va eshittirishlarni montaj qilib efirga uzatilmoqda, viloyat radiosi Tesla ovoz pult, STM-610 magnitafoni, Pentium-4 kompyuterlari, SD va DVD jixozlari bilan ta'minlangan.
Navoiy viloyati Qozog'iston Respublikasi bilan chegaradoshligini hamda viloyatda qozoq millatiga mansub aholining ko`pligini inobatga olgan xolda viloyat televideniyesi va radiosida qozoq tilida «Altin Aymoq» ko`rsatuv va eshittirishlar tashkil etilgan.