Mamalakatimizda ilk bor 1927 yilning 11 fevralida Samarqand shashrida O’zbekiston radiosi o’z ishini boshlagan. Ana shu sanani Samarqand radiosi faoliyati boshlangan kun sifatida ham e'tirof etish mumkin. 1927 yilning 9 noyabridan esa radio eshittirishlar dastur asosida muntazam efirga uzatila boshlangan.
Samarqand respublikamiz poytaxti bo’lgan davrda (1924-1930 y) shaxar markazidagi Amir Temur (eski nomi Zavodskaya) ko’chasida radio xodimlari faoliyat ko’rsatishib, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi voqealar, yangiliklarni yoritib borishgan.
O’tgan asrning 40 yillari oxiri, 50 yillarning boshida viloyat radioeshittirishlar qo’mitasiga ilk bor MAK-8 rusumli magnitafonlar olib kelindi.
Vazni qariyb 70 kilogrammli bu magnitafonlar yangi kanal ochish va eshittirishlar sifatini yaxshilash, xabar va yangiliklarni radiotinglovchilarga sifatli yetkazishga imkon yaratdi. 1958 yildan Samarqand viloyat radiosi eshittirishlarini ilk bor sim orqali to`g’ridan-to`g’ri xavo mavjlariga uzatish yo‘lga qo’yildi.
1956 yil oxirida Toshkentda televizion markazning ishga tushirilishi Respublika madaniy hayotida katta voqea bo’ldi. 1957 yilda Toshkent-Samarqand orasida radioreley aloqasi o’rnatildi. Bu esa Toshkentdagi televizion markazdan Samarqand uchun ham radioeshittirishlarini olib berish imkoniyatini yaratdi.
Ijodiy jamoa tomonidan 1989 yili ilk bor ko’rsatuvlar tayyorlashga urinishlar bo’ldi va o’sha davrda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotiga oid ko’rsatuvlar Cho’ponota radioeshittirish va teleko’rsatuvlarni efirga uzatish markazidan oddiy videomagnitafonlar orqali
teletomoshabinlar xukmiga xavola etildi. 1991 yilda montaj va efirga uzatish apparatlari keltirilgach, 6 iyundan viloyat televideniesi xar xafta dushanba, chorshanba va juma kunlari xaftasiga 3 soatlik ko’rsatuv tayyorlab, efirga uzata boshladi.
Ko’rsatuvlar Rossiyada ishlab chiqarilgan KADR-IOZ SS va Elektronika-VM-12 markali videomagnitafon, MEZ-109 audiomagnitafoni, “Panasonik" "SONY-E-70" rusumli videokamera, Sinxronezator STS-4 markali apparaturalar yordamida tayyorlangan.
Bugungi kunda viloyat teleradiokompaniyasida televidenie, radio, FM 105,2 radiokanali, reklama-tijorat departamenti va texnik bilimlar faoliyat olib borayapti. (tashkiliy tuzilma ilova qilinadi).
Xozirgi vaqtda viloyat televideniesi xaftada 7 soat (xaftaning payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari) UzTV-2 telekanali orqali ijtimoiy-iqtisodiy va ma'rifiy-madaniy mavzularda turli xil ko’rsatuvlar namoyish etadi.
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 28-desimetrli kanali ko’rsatuvlari xar kuni soat 19.00 dan boshlab to’rt yarim soat efirga uzatiladi.
Unda turli xil ma'rifiy-madaniy, ko’ngilochar dasturlar, konsertlar, videofilm va teleseriallar o’rin olgan.
Viloyat radiosi orqali xar kuni 1 soatu 30 daqiqalik eshittirishlar efirga uzatiladi. Eshittirishlar o’zbek, rus va tojik tillarida tayyorlanadi.
Taxririyatda 24 nafar ijodiy va texnik xodim xizmat qiladi. Eshittirishlar xar kuni soat 1500 dan 1630 gacha xavo mavjlariga uzatiladi.
Viloyat radiosi eshittirishlari AM (MU)-1539 kgs xamda ChM (UKV) 4,45 metrli to’lqinlar orqali beriladi.
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi qoshidagi FM 105,2 "Jahon" radiokanali 2003 yilning 21-martida tashkil etilgan.
Radioeshittirishlar xar kuni ertalab soat 7.00 dan kech soat 21.00 ga qadar efirga uzatiladi. Eshittirishlar muxarririyat tomonidan ishlab chiqilgan xaftalik dastur asosida tayyorlanadi.
Eshittirishlar asosan yangiliklar va kingilochar dasturlardan iborat bilib, turli yozma manbalar, tinglovchilar maktublari asosida tayyorlanadi.
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi reklama-tijorat departamenti kompaniya moddiy bazasini mustaxkamlash, turli reklama roliklari tayyorlash, korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish ishlari bilan shug`ullanadi.
Texnik bo’lim xodimlari esa ko’rsatuv va eshittirishlarni texnik sifatini yaxshilash, tasvirga olish, montaj qilish va efirga uzatish ishlarini amalga oshiradi.
Kompaniyada hozirda 2 ta telestudiya, 2 ta radiostudiya mavjud. Telestudiyada Germaniyada ishlab chiqarilgan("BFE" firmasi) zamonaviy teleuskunalari, "Panasonik" videomagnitafonlari, "LG", "Samsung", "JVC", "Goldstar" televizorlari, "VIDEONIKS" videomiksheri va titrovolkalari, " SONY MDS-GE330" minidiski, EVRORAK VB-1604 , GRAND 256 DSP audiomiksherlari o’rnatilgan. Radiostudiyada esa eng so’nggi rusumdagi uchta kompyuter, uchta minidisk, ikkita boshqaruv pulti, ikkita mikrafon, bitta eshitish moslamasi mavjud.
Televidenie ko’rsatuvlarining qamrovi 150-160 km radiusni tashkil etib qo’shni Tojikiston Respublikasining Panjakent tumani aholisi ham teledasturlarimizni tomosha qilish imkoniyatiga ega va ular bu ko’rsatuvlar tug’risida bizga turli xat-xabarlar yillab turishadi.
Shundan kelib chiqqan xolda tojik tilidagi ko’rsatuvlarining ba'zi sonlarida Panjakent tumani, uning aholisi haqida ham hikoya qilinadi. Shuningdek, ikki yildirki viloyat televideniesi Afg’onistonning Juzjon viloyati "Oyna" televideniesi bilan o’zaro hamkorlik o’rnatilgan. Hamkorlik aloqalari amaliy ishlar bilan davom ettirilmoqda. Viloyat televideniesi orqali Afg’onistonning shimoliy xududlariga oid bir nechta turkum ko’rsatuvlar efirga berildi.