O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


FAOLIYATNI TARTIBGA SOLUVCHI HUJJATLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
"O‘zbekiston MTRK faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida"
27.12.2005 y.  N PQ-245


1. O‘zbekiston MTRK, teleradiokanallar ijodiy-ishlab chiqarish jamoalari, "O‘zbektelefilm" davlat unitar korxonasi (DUK) va kompaniya korxonalarining ularning tashkiliy tarkibi va xodimlar soni haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki:

  • O‘zbekiston MTRK xodimlar sonini optimallashtirish natijasida tejab qolinadigan 791,3 million so‘m miqdordagi byudjet mablag‘lari O‘zbekiston MTRK ijodiy va ishlab chiqarish xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash uchun yo‘naltiriladi;
  • xodimlar sonini optimallashtirish teleradiokanallarga ajratiladigan byudjet mablag‘lari hajmining kamayishiga olib kelmaydi.
 
2. "Ozbekiston" teleradiokanali, "Sport" teleradiokanali, "Toshkent" teleradiokanali, "Respublika teleradiomarkazi", "Ozbektelefilm" davlat unitar korxonalarining hamda O‘zbekiston MTRKning tashkiliy tarkibi 1-6-ilovalarga  muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston MTRK O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi tartib bo‘yicha O‘zbekiston MTRK hududiy bo‘linmalarining xodimlar sonini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston MTRK raisiga teleradiokompaniya bo‘linmalarining tashkiliy tarkibiga belgilangan xodimlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
 
3. "Yoshlar" teleradiokanali YOAJning tashkiliy tarkibi 7-ilovaga muvofiq ma'qullansin.

Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston MTRK va boshqa davlat, jamoat tashkilotlarining "Yoshlar" teleradiokanali yopiq aksionerlik jamiyati (YOAJ)ning ustav jamg‘armasini quyidagi tartibda:

  • davlat ulushi - 51%;
  • "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati - 19%;
  • "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi - 15%;
  • "O‘zbektelekom" aksionerlik kompaniyasi - 15% ;
  • miqdorida taqsimlash haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
O‘zbekiston MTRKning teleradiodasturlar tayyorlash uchun zarur texnika vositalari, idora jihozlari, intellektual mulk ob'yektlari va boshqa mulklari amaldagi tartib bo‘yicha qayta baholash amalga oshirilgandan so‘ng "Yoshlar" teleradiokanali YOAJning ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi sifatida taqdim etiladi.
 
4. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar Dasturi, shuningdek O‘zbekiston MTRKni isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi 8-9-ilovalarga binoan tasdiqlansin.
Ishchi guruh 2006 yil 1 aprelga qadar O‘zbekiston MTRKni qayta tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni yakunlash va mustaqil teleradiokanallar hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalarning faoliyat ko‘rsata boshlashini ta'minlasin.
 
5. O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari va hududiy bo‘linmalarining bir kecha-kunduzlik o‘rtacha eshittirishlar (ko‘rsatuvlar) hajmi, davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga telefilmlar ishlab chiqarish yillik hajmi 10-ilovaga  muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston MTRK raisiga teleradiokanallarning bir kecha-kunduzlik o‘rtacha eshittirishlari (ko‘rsatuvlari) hajmiga mazkur qarorda tasdiqlangan parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
 
6. O‘zbekiston MTRK respublika Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari va "Yoshlar" teleradiokanali YOAJ faoliyatini mablag‘ bilan ta'minlash va ko‘rsatadigan xizmatlari uchun tarif - baholarni shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Belgilab qo‘yilsinki:

  • O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalarini hamda "Yoshlar" teleradiokanali YOAJ faoliyatini davlat byudjeti hisobidan mablag‘ bilan ta'minlash O‘zbekiston MTRK orqali tasdiqlangan teleradioeshittirishlar (ko‘rsatuvlar) hajmi asosida amalga oshiriladi;
  • teleradiokanallar va "Ozbektelefilm" mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi konkret (muayyan) teleko‘rsatuv, radioeshittirish va filmlarni tayyorlash uchun ijodiy xodimlarni muddatli shartnomalar bo‘yicha jalb etishga yo‘naltiriladigan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi;
  • O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan xorijiy kreditlar hisobiga olingan asosiy vositalarning amortizatsiya to‘lovlari (xarajatlari) davlat unitar korxonalari ko‘rsatgan xizmat uchun tariflar tarkibiga kiritilmaydi.

 7. O‘zbekiston MTRK va "Ozbekiston" teleradiokanali, "Sport" teleradiokanali, "Toshkent" teleradiokanali davlat unitar korxonalari va "Yoshlar" teleradiokanali YOAJning teleradioko‘rsatuv va eshittirishlarning yuqori sifatini ta'minlagan, yangi, yuksak badiiy-g‘oyaviy teleradiodasturlar va filmlar tayyorlash, teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlarda zamonaviy axborot, kompyuter va mediojarayonlarni joriy qilishni ta'minlagan ijodiy jamoalar, studiyalar va alohida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ular huzurida rag‘batlantirish jamg‘armalarini tashkil etish haqidagi takliflari ma'qullansin.

  • Jamg‘armalar quyidagi manbalardan shakllanishi belgilansin:
  • tejab qolingan byudjet mablag‘lari, shu jumladan xodimlar sonini optimallashtirish evaziga erishilgan mablag‘;
  • reklama faoliyati, pullik xizmat ko‘rsatish, shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlardan tushgan daromadning 25% gacha bo‘lgan qismi;
  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar.
Teleradiokanallarning rag‘batlantirish jamg‘armasi haqidagi umumiy nizom 11-ilovaga binoan tasdiqlansin.
 
8. O‘zbekiston MTRK:
  • bir oy muddat ichida Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston MTRKning ishlab turgan tarkiblarida mavjud texnika va ishlab chiqarish quvvatlarini inventarizatsiya qilishni yakunlasin. Shakllanayotgan teleradiotarkiblarning eshittirish va ko‘rsatuvlari hajmi hamda ularning oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda "Respublika teleradiomarkazi" bilan teleradiokanallar o‘rtasidagi topshirish dalolatnomalari (hujjatlari) va ajratish balanslarini tayyorlasin;
  • uch oy muddat ichida mamlakat badiiy teleradiomahsulotlari (televizion, hujjatli, multiplikatsion filmlar va boshqalar) hajmi bosqichma-bosqich oshib borishi nazarda tutilgan holda, aholining bilim va madaniy saviyasini ko‘tarish, milliy an'analarni, tarixiy va ma'naviy merosni saqlab qolish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarni va o‘sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadlariga yo‘naltirilgan "Milliy serial" ijodiy-ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
  • yangi tashkil etilayotgan teleradiokanallar va tarkiblarni yuqori malakali ijodiy-ishlab chiqarish xodimlari bilan ta'minlasin.

9. Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston MTRK bilan birgalikda:

  • ikki oy muddat ichida "Yoshlar" teleradiokanali YOAJning ta'sis hujjatlarini ishlab chiqish, ta'sis majlisini o‘tkazish, uning nizomini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta'minlasin;
  • uch oy muddat ichida "Yoshlar" teleradiokanali YOAJning aktivlarni baholash va ta'sis hujjatlarini, shuningdek, keyin chiqariladigan aksiyalar asosida ustav jamg‘armasini shakllantirishni ta'minlasin;
  • "Yoshlar" teleradiokanali YOAJ aksiyalarni chiqarish loyihasini ro‘yxatdan o‘tkazganligi uchun davlat byudjetiga to‘lovlardan ozod qilinsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikki oy muddat ichida vazirlik tarkibida O‘zbekiston MTRKdan o‘tkaziladigan badiiy jamoalar Ijodiy birlashmasini tashkil etsin;
Madaniyat va sport ishlari vazirligida tashkil etilayotgan Ijodiy birlashma bilan O‘zbekiston MTRK o‘rtasidagi hamkorlikning uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqishni ta'minlasin, uning asosida Ijodiy birlashma badiiy jamoalarining O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari ko‘rsatuvlari va eshittirishlarida qatnashuvi haqida shartnomalar tuzsin.
 
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahri hokimliklari ikki oy muddat ichida amaldagi tartib bo‘yicha O‘zbekiston MTRKdan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga o‘tkaziladigan badiiy jamoalarni joylashtirish uchun binolar ajratib, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
 
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.