O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


FAOLIYATNI TARTIBGA SOLUVCHI HUJJATLAR

O‘zbekiston Respublika Prezidentining qarori
"O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"
01.04.2009 y. N PQ-1088

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tashkilotlari tomonidan yuqori texnologiyali uskunalar va maxsus teleradiotexnikadan samarali foydalanilishini ta'minlash, ularni zamonaviy mediatexnologiyalar asosida qo‘llash orqali keng turdagi sifatli teleradiomahsulotlar yaratish, shuningdek televideniye muhandislik-texnika kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash maqsadida:
 
1. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyatining zamonaviy yuqori texnologiyali tele- va radiouskunalardan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek ushbu uskunalarda ishlay oladigan televideniye muhandislik-texnika xodimlarining kadrlar tarkibini shakllantirish bo‘yicha ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
 
2. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparati tuzilmasiga Teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilsin, rais o‘rinbosari lavozimi tugatilsin.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 185 nafardan, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 74 nafardan iborat bo‘lgan yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 
3. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda egallab turgan lavozimi, funksional vazifalari doirasi, tegishli uskunalarda ishlash ko‘nikmalari va tajribasiga egaligiga bog‘liq holda, shuningdek teleradiodasturlar ishlab chiqarish texnologiyalari talablaridan kelib chiqib, aniq mezonlarni belgilash orqali teleradiokompaniyaning televideniye muhandislik-texnika xodimlariga qo‘yiladigan asosiy malaka talablarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
 
4. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimining televideniye muhandislik-texnika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

Quyidagilar Attestatsiya komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

  • teleradiokompaniyaning televideniye muhandislik texnika xodimlarini ularning professional tayyorgarligi va malaka darajasi bo‘yicha egallab turgan lavozimiga loyiqligi baholanishini hisobga olgan holda muntazam ravishda attestatsiyadan o‘tkazish;
  • O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimi va uning hududiy teleradiokompaniyalari kadrlari tarkibini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishni mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
  • teleradiokompaniya xodimlarining, shu jumladan, xorijiy mediatexnologiyalar o‘quv markazlarida tajriba orttirishni o‘tashi hisobiga doimiy ravishda malakasi oshirilishi va professional darajasi o‘sishi yuzasidan monitoring o‘tkazish hamda nazorat qilish tizimini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi attestatsiyadan o‘tkaziladigan televideniye muhandislik-texnika xodimlarining lavozim ro‘yxatini tasdiqlasin.
 
5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2009/2010 o‘quv yilidan boshlab:

  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetida quyidagi mutaxassislar - teleoperator, maxsus yoritish muhandisi, muhandis-videomontajchi, kompyuter grafikasi muhandisi va ovoz yozish muhandislari tayyorlaydigan "Televideniye texnologiyalari" fakultetini;
  • Toshkent shahar Bektemir tumanida qurilayotgan kollej negizida quyidagi ixtisosliklar - teleoperator yordamchisi, ovoz yozish muhandisi yordamchisi, maxsus yoritish bo‘yicha texnik, videomontajchi yordamchisi, teleradiouskunalarni ta'mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik mutaxassislar tayyorlaydigan Respublika televideniye va radio kasb-hunar kollejini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda uning hududiy bo‘linmalarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni hisobga olgan holda yangidan tashkil etiladigan "Televideniye texnologiyalari" fakultetiga hamda Respublika televideniye va radio kasb-hunar kollejiga qabul qilish rejasini belgilasin.
 
6. Toshkent shahrining markaziy qismida eng zamonaviy texnik asosda milliy televizion filmlar va seriallar yaratish, shuningdek televideniye uchun konsert va boshqa dasturlarni uyushtirish hamda yozib olishni ta'minlashga imkon beradigan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining zamonaviy mediamarkazini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazi qurilishini tashkil etish uchun tegishli yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda teleradiokompaniyaning zamonaviy mediamarkazini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
 
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazini 2009 yilning II choragidan boshlab, uni eng zamonaviy multimedia texnik uskunalari bilan jihozlashni nazarda tutgan holda teleradiokompaniyaning o‘z mablag‘lari va markazlashtirilgan davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga qurish ta'minlansin.
 
8. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda muntazam ravishda o‘zbek xalq mumtoz san'ati, an'anaviy qo‘shiqchilik san'ati, simfoniya musiqasi maktablari yutuqlariga, shuningdek aholining ta'lim va madaniy saviyasini oshirishga, milliy an'analarni saqlab qolishga, yoshlarni vatanparvarlik, xalqimizning boy ma'naviy merosini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan zamonaviy estrada san'atining eng yaxshi namunalariga bag‘ishlangan badiiy jihatdan yuksak darajadagi tele- va radio dasturlar turkumi tayyorlanilishini ta'minlasin.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda:
  • O‘zbek xalq mumtoz san'ati, an'anaviy qo‘shiqchilik va estrada san'ati, simfoniya musiqasi maktablari erishgan yutuqlar to‘g‘risidagi tele- va radio dasturlarni tayyorlash, namoyish qilish va eshittirish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
  • mazkur tele- va radio dasturlarni tayyorlash hamda namoyish qilish va eshittirishni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilasinlar.
 
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, "O‘zbekiston", "Sport" va "Toshkent" teleradiokanallarining 2009 yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab byudjetdan tashqari manbalarning teleradiokanallar umumiy xarajatlarini moliyalashtirishdagi ulushini 2015 yilga borib 50 foizgacha yetkazgan holda bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taklifi qabul qilinsin.
 
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan import qilinadigan uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar foyda solig‘i, shuningdek bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan 2015 yilning 1 yanvarigacha ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirilsin.
Belgilansinki, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar balansiga bepul beriladigan, teleradiokompaniya tomonidan xarid qilingan uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ularning daromadlari hisoblanmaydi hamda soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlanadi.
 
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 27 dekabrdagi PQ-245-son qaroriga 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
 
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.