O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


FAOLIYATNI TARTIBGA SOLUVCHI HUJJATLAR

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
"O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida "
14.02.2006 y. N 23


  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida" 2005 yil 27 dekabrdagi PQ-245-son qarorini bajarish yuzasidan va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining (keyingi o‘rinlarda matnda O‘zbekiston MTRK deb yuritiladi) hududiy bo‘linmalari xodimlari sonini maqbullashtirish, byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

  • O‘zbekiston MTRK Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni 1-ilovaga muvofiq;
  • O‘zbekiston MTRK viloyatlar teleradiokompaniyalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qo‘yilsinki:

O‘zbekiston MTRKning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish teleradio ko‘rsatuvlar va eshittirishlarning tasdiqlangan o‘rtacha sutkalik hajmiga muvofiq O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi orqali amalga oshiriladi;

O‘zbekiston MTRKning hududiy bo‘linmalari mehnatga haq to‘lash fondi aniq teleradio mahsulotlar tayyorlash uchun ijodiy xodimlarni muddatli shartnomalar bo‘yicha jalb etishga yo‘naltiriladigan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

3. O‘zbekiston MTRK va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy bo‘linmalar huzurida O‘zbekiston MTRKning davlat unitar korxonalari huzurida tashkil etiladigan jamg‘armalar singari ijodiy jamoani, studiyalar va alohida xodimlarni rag‘batlantirish va taqdirlash jamg‘armalari tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.