O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


FAOLIYATNI TARTIBGA SOLUVCHI HUJJATLAR

«NAVO» telekanalining efiriga musiqiy videomahsulotlarni
(qo‘shiqlar, kliplar, kuylar, raqslar, konsert dasturlari va boshqalarni) joylashtirish talablarini belgilovchi
vaqtinchalik Tartib
(O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2014 yil 25 martdagi 77-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan) 

1.«NAVO» telekanali o‘ z musiqiy  teledasturlarini o‘zining efir konsepsiyasi, faoliyat yo‘nalishi hamda joriy talab v ehtiyojlardan kelib chiqqan  holda, O`zbekiston  milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi 
arxiv fondlarida va boshqa fondlarda saqlanayotgan materiallar asosida, shuningdek  ijrochilar  va/yoki  ularning vakolatli vakillari tomonidan ixtiyoriy ravishda  shartnoma va/yoki bepul asosda topshirilgan 
musiqiy  videomahsulotlar hisobidan shakllantiradi.

2.Mazkur Tartib «NAVO» telekanali (bundan buyon matnda - Telekanal) orqali musiqiy videomahsulotlarni (qo‘shiqlar, kliplar, kuylar, raqslar, konsert dasturlari va boshqalarni) namoyish etish uchun qabul qilish, tanlash va ularni efirga joylashtirish talablarini belgilaydi.

Telekanal efiriga musiqiy videomahsulotlarni (bundan buyon matnda-Videomahsulot) joylashtirish ijrochilar va/yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan ixtiyoriy ravishda hamda mazkur Tartibda belgilangan tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi.

3.Telekanal efiriga joylashtirish maqsadida topshiriladigan musikiy videomahsulotlar «O‘zbekiston MTRK Mediamarkazi» binosida tashkil qilingan bo‘linma tomonidan qabul qilinadi. Shu bo‘linmadagi mas'ul xodimlar orqali ijrochilar va/yoki ularning vakolatli vakillari (huquq egasi) bilan muzokaralar olib boriladi, shuningdek «NAVO» telekanali efiri bilan bog‘liq barcha savollarga javob beriladi.

Mazkur bo‘linma bilan Toshkent shahar, Olmazor ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan «O‘zbekiston MTRK Mediamarkazi» binosiga kelib va/yoki 214-99-67 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanish mumkin.

4.Telekanalda namoyish etish maqsadida videomahsulot topshirish uchun ijrochi va/yoki uning vakili tomonidan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi (yoki bevosita kelib uchrashish mumkin). Mas'ul xodimiga ijrochi va/yoki uning vakili o‘zi haqidagi va efirga joylashtirmoqchi bo‘lgan videomahsuloti to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qoldiradi.

Agarda muloqot telefon orqali bo‘lsa yoki ilk muloqotda qabul qilish uchun tegishli ma'lumotlar Telekanal uchun biriktirilgan mas'ul xodim ijrochini va/yoki uning vakilini «O‘zbekiston MTRK Mediamarkazi» binosiga taklif qiladi.

5.Ijrochi va/yoki uning vakolatli vakili belgilangan vaqtda va belgilangan joyga tegishli videomahsulot yozilgan diskni (yoki boshqa ma'lumot tashuvchi vositani) hamda zarur hujjatlarni olib kelib, Telekanal uchun biriktirilgan mas'ul xodimiga topshiradi (tegishli anketani imzolaydi).

6.Telekanal efiriga videomahsulot topshirish vaqtida videomahsulot yozilgan diskni (yoki boshqa ma'lumot tashuvchi vositani) bilan birga quyidagi hujjatlar takdim etiladi:

  • -ijrochi pasportining nusxasi, soliq to‘lovchi sifatidagi identifikatsiya raqami;

  • -«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan berilgan, videomahsulotni efirga joylashtirish davrini qamrab oladigan muddatgacha amal qiluvchi, litsenziya nusxasi;

  • -videomahsulotning (qo‘shiqning) yozma matni (u yerda she'r muallifi va musiqa muallifi to‘g‘risidagi ma'lumot ham kiritilgan bo‘lishi lozim) agar boshqa turdagi videomahsulot taqdim etilayotgan bo‘lsa, unga tegishli yozma ma'lumotlar.
Taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.

7.Televideniyening tegishli mas'ul xodimi kelib tushgan videomahsulotlarni va hujjatlarni jamlagan holda, («NAVO» telekanalining Badiiy kengashiga topshiradi. Kelib tushgan videomahsulotlar Badiiy kengash muhokamasidan o‘tkazilib, ijobiy bahoga loyiq deb topilganidan keyingina Telekanal efiriga joylashtiriladi.

8.Telekanal efiriga joylashtiriladigan har bir videomahsulot o‘rnatilgan tartibda Badiiy kengash ko‘rigidan o‘tkaziladi. Badiiy kengash, joriy vaziyatga qarab, bitta videomahsulot uchun yoki bir nechta videomahsulot uchun o‘tkazilishi mumkin.

Badiiy kengash tarkibi, uning o‘tkazilish vaqti va joyi, ishlab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda, Telekanal tomonidan belgilanadi.

Badiiy kengash o‘z ijodiy faoliyatida mustaqil hisoblanadi, uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Badiiy kengash o‘zining umumiy faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston MTRK va Telekanal rahbariga buysunadi.

9.Badiiy kengashga kiritilgan videomahsulotga kuyidagi talablar qo‘yiladi:

  • -videomahsulotning badiiy-g‘oyaviy saviyasi, professional darajasi va texnik sifati yuqori darajada bo‘lishi shart;

  • -milliy qadriyatlarimiz, an'analarimiz, ma'naviyatimiz va urf-odatlarimizga hamda umuminsoniy qadriyatlarga zid bo‘lmasligi shart;

  • -shafqatsizlik, zo‘ravonlik va boshqa illatlarni targ‘ib etuvchi, ruhiy jarohat yetkazuvchi, kishilar ongi va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir qiluvchi jihatlardan holi bo‘lishi shart;


  • -tijorat xarakteridagi ma'lumotlar, mahsulotlar va brendlar targ‘ibotiga qaratilmagan bo‘lishi shart;


  • -ijrochi(lar)ning professional mahorati, san'ati va musiqiy bilimi yuqori darajada bo‘lishi zarur;

  • -ijrochi(lar)ning tashqi ko‘rinishi, kiyinish madaniyati, xatti-harakatlari efir talablariga va o‘zbekona hamda jamiyatimizda umume'tirof etilgan odob-axloq qoidalariga zid bo‘lmasligi shart;

  • -videomahsulotning tasviri, matni, mazmuni va boshqa jihatlari puxta, o‘zaro uyg‘un va benuqson bo‘lishi hamda asosan yoshlar auditoriyasiga mos kelishi zarur.

10.Badiiy kengash o‘zining xulosalari va qarorlari yuzasidan ijrochiga va/yoki uning vakiliga, shuningdek videomahsulot mualliflariga tushuntirishlar berish majburiyatiga ega emas.

11.Badiiy kengash tomonidan ijobiy bahoga loyiq deb topilgan videomahsulot Telekanalda o‘rnatilgan tartib asosida efirga joylashtiriladi.

Videomahsulot Telekanal efiriga tijorat-shartnoma va/yoki bepul asosda joylashtiriladi. «NAVO» telekanalining efiriga ixtiyoriy ravishda shartnoma va/yoki bepul asosda joylashtirish uchun topshirilayotgan videomahsulot aynan qaysi nomlanishdagi teleloyiha (teledastur)ga mo‘ljallanganligi ijrochi va/yoki uning vakolatli vakili tomonidan aniq ko‘rsatiladi.

Shartnomalar tuzish O‘zbekiston MTRK tizimida Telekanal uchun o‘rnatilgan tartiblarga asosan amalga oshiriladi.

12.Videomahsulotning efirga chiqish vakti, davriyligi va ketma-ketligi Telekanal tomonidan efir hajmi, videomahsulotni efirga joylashtirish turini inobatga olgan holda belgilanadi.

13.Videomahsulotning efirga joylashtirilgan shakli o‘rnatilgan tartibda Telekanal mulki hisoblanadi va boshqa shaxslarga (yoki tashkilotlarga) berish Telekanal bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Ixtiyoriy ravishda topshirilgan va «NAVO» telekanali orqali efirga uzatilgan musiqiy videomahsulotlar O‘zbekiston MTRK tizimidagi arxiv fondlarida kelgusida ulardan o‘rnatilgan tartibda foydalanish uchun saqlanadi.