Teledasturlar

19.25, 20.00, 20.55 E'lonlar
00:20
Men yoshlikman
00:35
Xonadon
01:00
«Axborot». /rus/
00:10
Milliy serial: «Baloi nafs»
01:00
Yurt tinchligi

Anons

 

Kompaniya yangiliklari

10.03.2010
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasida Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar fondi (YuNISEF)ning O`zbekistondagi vakolatxonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi boshlig'i Savita Varde-Nakvi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi o`rtasida dasturlar va seriallar ishlab chiqarish, jurnalistlar uchun o`quv treninglarini tashkil qilish va boshqa sohalarda o`zaro hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha fikr almashildi...
04.03.2010
O`ZBEKISTON MILLIY TELERADIOKOMPANIYASI Kompaniya tizimida fidoyilarcha mehnat qilayotgan barcha ayollarni — XOTIN-QIZLAR KUNI bilan samimiy muborakbod etadi. Sizlarga Vatanimizning yorqin kelajagini yaratish, barkamol avlodlarni ajdodlarimizning yuksak manaviy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash va voyaga yetkazish kabi masuliyatli ishlaringizga zafarlar tilaydi!
03.03.2010
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar uchun an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Atirgul” tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi...
25.02.2010
Farg'ona viloyat teleradiokompaniyasida ko`plab yosh istedodli ijodkorlar mehnat qiladi. Ular jumlasiga Qosimovlar oilasi ham kiradi. Ular oilada ham, ishda ham faolliklari bilan ajralib turadilar. Kompaniyada Qosimovlarning tashabbusi, izlanuvchanligi bilan ko`plab ijodiy yangiliklar yaratiladi...
19.02.2010
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga “Sinxua” (Xinhua) axborot agentligining Toshkent bo`limi muxbiri j-b Dun Luntszyan tashrif buyurdi. Tashrif davomida bo`lib o`tgan suhbat chog'ida O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va XXR “Sinxua” axborot agentligining «China Network Corporation» (CNC) telekanali o`rtasida o`zaro hamkorlik to`g'risida fikrlar almashildi...
12.02.2010
2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi mamlakatimizda yoshlarga bo`lgan etibor asosiy masalalardan biri sifatida qaralishini yana bir marta tasdiqladi. Shundan kelib chiqqan holda, Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi yil avvalidanoq istedodli, har sohada bilimdon yoshlar hayoti, ularning faoliyatini yoritishni asosiy vazifa qilib belgiladi...
05.02.2010
O`tgan 2009 yil Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi uchun ham ancha muvaffaqiyatli kechdi. Avvalo, kompaniyaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Ijodiy va texnik xodimlarning ishlashlari uchun bir qator qulayliklar yaratildi. O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tashabbusi va ko`magi bilan to`rt qavatli binoning tashqi va ichki qismlari zamonaviy qiyofada tamirlanib, xodimlarga munosib mehnat sharoitlari tug'dirildi...
01.02.2010
Namangan viloyat teleradiokompaniyasi ijodiy-texnik xodimlari uchun 2009 yil ham samarali bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar mohiyatidan kelib chiqib, aholini mamlakatimizda ro`y berayotgan demokratik o`zgarishlardan xabardor qilish...
22.01.2010
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan 2009 yil yakunlari bo`yicha yilning eng yaxshi madaniyat, san`at va sport namoyondalarini taqdirlash marosimi o`tkazildi. Taqdirlanganlar safidan O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimlari ham munosib o`rin olishdi. Ular quyidagi nominatsiyalar...
20.01.2010
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Milliy serial» kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturi to`g'risida»gi Qarori e’lon qilingandan keyin «O'zbektelefilm» davlat unitar korxonasi tomonidan bir necha nomda teleseriallar yaratilib, tomoshabinlarga taqdim etib kelinmoqda...