Teledasturlar
- 15:30
- Futbol. O`zbekiston chempionati. «Bunyodkor» - «Paxtakor». To`g'ridan - to`g'ri olib ko`rsatiladi
- 17:50
- XABARLAR
- 18:20
- Anons
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tashrif
O`zbekistonda parlament saylovlari xalqaro kuzatuvchisi sifatida Toshkent shahrida mehmon bo`lib turgan Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi Prezidenti (AQSh) Abdulla Xo`ja O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tashrif buyurdi.
Bo`lib o`tgan suhbat chog'ida Abdulla Xo`ja respublika parlamentiga saylovlar yuqori saviyada o`tganligini takidlab o`tdi. U ommaviy axborot vositalari, shu jumladan televideniening saylovlarga tayyorgarlik va ularni o`tkazish jarayonini tezkor yoritishdagi rolini alohida qayd etdi.
Abdulla Xo`ja o`zi rahbarlik qilayotgan tashkilot faoliyatiga to`xtalib, Assotsiatsiya turli xorijiy mamlakatlarda yashab kelayotgan o`zbeklar bilan doimiy aloqada ekanligini malum qildi. Ularning barchasi O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining suniy yo`ldosh orqali xorijiy mamlakatlarga uzatilayotgan teledasturlaridan katta mamnuniyat bildiradilar. Xorijiy vatandoshlar, ayniqsa, O`zbekistonning tarixi, madaniyati, urf-odat va ananalari to`g'risidagi teledasturlarning nechog'li ahamiyatga ega ekanligini takidlaydilar. Eng ko`p fikr-mulohazalar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida istiqomat qiluvchi vatandoshlardan olinadi. Hozirda ushbu dasturlarni Amerika Qo`shma Shtatlari xududida ko`rish imkoniyati mavjud emas. Shu bois, ko`p sonlik xorijda yashayotgan vatandoshlarning fikr va mulohazalarini inobatga olgan holda, Assotsiatsiya O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi teledasturlarini AQSh xududida ko`ra olish imkoniyatini yaratishda yordam berishni so`raydi.
Tomonlar, shuningdek, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi dasturlarini tarqatishda Amerika Qo`shma Shtatlaridagi keng tarmoqli kabel televideniesi tizimi imkoniyatlaridan foydalanish masalasi yuzasidan fikr almashdilar.
Abdulla Xo`janing takidlashicha, xorijiy mamlakatlarda uzoq muddat yashaydigan ko`pchilik odamlar turli voqelik va sharoitlarga ko`ra o`z ona tillari, urf-odat va ananalarini unutib boradilar. Vaholanki, chet elda yashaydigan yurtdoshlarimiz o`z ona yurtlari bilan aloqani uzmasliklari, ona tillari, urf-odat va ananalarini unutmasliklari lozim. Chunki, o`zbek tili va O`zbekiston madaniyati beqiyosdir. Shu bois, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi teledasturlarini suniy yo`ldosh orqali tarqatilishi dunyoning turli mintaqalarida istiqomat qiluvchi vatandoshlarda o`z ona tili, adabiyoti, madaniyati, urf-odat va ananalarini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.
- O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasida – xayriya hashari
- O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasida uchrashuv
- BAYRAMINGIZ MUBORAK BO`LSIN, AZIZ OPA-SINGILLAR!
- “Atirgul” tanlovi g‘olibini tabriklaymiz
- Farg'ona viloyat teleradiokompaniyasining yosh ijodkorlari
- “Sinxua” axborot agentligi (XXR) vakilining O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tashrifi



















