Teledasturlar
- 19:30
- «Axborot». /rus /
- 20:05
- TV - anons
- 20:10
- Milliy serial: «Mehmonjonlardan aylanay»
Televizion dasturlarni ayirboshlash bo`yicha seminar
Damashq (Suriya) shahrida Osiyo-Tinch okeani teleradioeshittirishni rivojlantirish instituti (AIBD) tomonidan tashkil etilgan televizion dasturlarni ayirboshlash bo`yicha regional seminar o`z ishini boshladi.
Mazkur seminar Osiyo-Tinch okeani regionidagi teleradiomuassasalar o`rtasida o`zaro teledastur va filmlar ayriboshlashni rivojlantirish hamda shu turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va marketingi sohasidagi ilg'or jahon tajribasini ommalashtirishga yordam berishi ko`zda tutilgan. Seminarda AIBD azolari bo`lgan dunyoning yetakchi telekompaniya va firmalari vakillari ishtirok etadilar.
Seminar ishtirokchilari o`z televizion dasturlarini tanishtirish va
o`zaro ayirboshlash uchun taqdim etadilar. Seminar shartlariga ko`ra ushbu tadbirda sport, sog'liqni saqlash, madaniyat mavzulari bo`yicha hamda bolalar uchun tayyorlangan dasturlarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Seminar ishida O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining vakili ishtirok etmoqda. Mazkur tadbir doirasida O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi mahsuloti bo`lgan hozirgi O`zbekiston hayotining turli sohalari aks ettirilgan televizion dastur va filmlar namoyish etiladi.
AIBD teleradioeshittirish sohasi bo`yicha davlatlararo ixtisoslashgan institut hisoblanadi. Bu uyushmaga jahonning 26 davlatidan 94 teleradioeshittirish tashkilotlari azo. 2009 yildan etiboran O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ham AIBD ning hamkor tashkilot sifatidagi azolari safidan o`rin olgan.
- O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasida uchrashuv
- BAYRAMINGIZ MUBORAK BO`LSIN, AZIZ OPA-SINGILLAR!
- “Atirgul” tanlovi g‘olibini tabriklaymiz
- Farg'ona viloyat teleradiokompaniyasining yosh ijodkorlari
- “Sinxua” axborot agentligi (XXR) vakilining O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tashrifi
- Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi: Zamon bilan hamnafas



















