Teledasturlar

19.25, 20.00, 20.55 E'lonlar
01:30
«Oydin hayot». Tok-shou
02:15
Ming bir hunar
02:30
Ohanrabo
***
00:40
Futbol. Chempionat Italii. «Milan» - «Kevo». Pryamaya translyatsiya
02:40
Xayrli tun!

Anons

 

IJODIY IZLANISHLAR YO`LIDA

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Milliy serial» kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturi to`g'risida»gi Qarori e’lon qilingandan keyin  «O'zbektelefilm» davlat unitar korxonasi tomonidan bir necha nomda teleseriallar yaratilib, tomoshabinlarga taqdim etib kelinmoqda. Ularning mazmun-mohiyati aholining talim va madaniy saviyasini oshirish, bebaho urf-odatlarimizni targ'ib qilishga qaratilgan. Bu filmlar milliy ananalarni, tarixiy, manaviy merosni saqlab qolish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yoshlarni, o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, o`z yurtiga muhabbat, umuminsoniy tamoyillarga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash vazifasi ham mujassam.

Malumki, ilk bor milliy serial sifatida “Qaytar dunyo” nomli badiiy film namoyish etilgan edi. Undan keyin esa “Muhabbatim — qismatim”, “Dil payvandi”, “Zebuzar”, “Tutash taqdirlar”, “Mehmonjonlardan aylanay” kabi ko`p qismli seriallar muxlislar qalbidan munosib o`rin egalladi. Ularning mavzusi, g'oyaviy-badiiy saviyasi puxta bo`lgani bois, xalqimizga manzur bo`ldi. Ayniqsa, voqealar milliy mentalitetimizga mos ekanligini aksariyat tomoshabinlar maktublarida, telefon qo`ng'iroqlarida bildirishdi.

2009 yil rejasi bo`yicha yaratilgan “O`zi uylanmagan sovchi”, “Qaldirg'ochlar yana qaytadi”, “Umidingni so`ndirma”, “Hayot jilg'alari” nomli badiiy filmlarda bugungi kundagi ijtimoiy-maishiy sharoit, aholining turmush tarzi yaqqol o`z aksini topgan. Ularning aksariyatida ko`proq yoshlarning hayotiga oid voqealar birinchi o`ringa chiqarilganligini takidlash kerak. Yigit-qizlarning orzu-umidlari, intilishlari, say-harakatlarini yoritish bilan birgalikda, o`z maqsadiga faqatgina sidqidildan mehnat qilish orqali erishish lozimligi filmlar g'oyasiga singdirilgan.

O`tgan yil milliy serialga asos bo`la oladigan “Eng yaxshi adabiy stsenariy uchun” tanlov e’lon qilingan edi. Tanlov doirasida turli mavzu va janrda yaratilgan 128 ta stsenariy olindi. Barcha stsenariylar tanlov komissiyasi tomonidan o`rganib chiqilmoqda. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ananalarimiz ulug'langan stsenariylar 2010 yilda yaratilishi mo`ljallangan milliy seriallar rejasiga kiritiladi. Ularni tomoshabinlarga manzur bo`ladigan qilib ishlash ustida izchil say-harakatlar olib borilmoqda.

Aytish joizki, keyingi yillarda “O’zbektelefilm”da milliy seriallar yaratishga bo`lgan etibor ancha kuchaytirildi. Shu bilan birga xronikal-hujjatli filmlar yaratish, ularning badiiy saviyasini yanada oshirish borasidagi ishlar ham tizimli ravishda olib borilmoqda.

O`tgan 2009 yil “Maftunkor va betakror O`zbekiston!”, “Oltin meros”, “Ona diyorim tabiati”, “O`zbekiston sporti”, “Dunyo o`zbek operatori nigohida”, “Maftuningman, O`zbekiston!” singari ruknlarda bir qator hujjatli filmlar ishlanib, tomoshabinlar etiboriga havola qilindi. “Maftunkor va betakror O`zbekiston!” rukni ostida tayyorlangan “Qanqa”, “Toshkent: kecha va bugun”, “Biz tanlagan yo`l”, “Axsikent”, “Afsonaviy qoyalar”, “Chilpiq”, “Oqchaxon. Qadimgi poytaxtni izlab”, “Er farzandi”, “Toshguzar—Boysun—Qumqurg'on”, “Diydor masnadi”, “Bunyodkorlik yo`lidan” kabi filmlarda Vatanimizning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-marifiy va boshqa jihatdan yildan-yilga taraqqiy etib borayotganligi to`g'risida hikoya qilinadi.

“Asrlardan sado”, “Sopol cholg'ular”, “Duxovie instrumenti”, “Traktati”, “Sovuq metallning iliq tafti”, “Naqshlar kamalagi”, “O`zbekiston tarixi davlat muzeyi”, “Liboslarda moziy nafasi” kabi hujjatli filmlar “Oltin meros” ruknida tayyorlandi.

Xuddi shu singari “Ona diyorim tabiati” ruknida ishlangan filmlarda “Hisor tog'larida bahor”, “Ona zamin inomlari”, “Chashmalar”, “Bu ajib xilqat” mamlakatimizning bebaho boyliklaridan hisoblangan ulkan qoyalar, tog'lar, g'orlar, o`simlik va hayvonlar, bir so`z bilan aytganda, tabiat inom etgan mo`jizalar to`g'risida ajoyib tasvirlar orqali hikoya qilinadi.

Yil sayin rivojlanib borayotgan sport sohasi, bu tizimda olib borilayotgan izchil islohotlar, qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar “O`zbekiston sporti” ruknida “Xraniteli olimpiyskoy slavi”, “Pekindagi zafarlar”, “Men chempion bo`laman”, “Qizlar kurash tushganda”, “Tilla kamarli pahlavon” kabi hujjatli filmlar; “Dunyo o`zbek operatori nigohida” ruknida “Sietl”, “Stambul”, “Dubay”, “Parij”, “Singapur”, “Maftuningman, O`zbekiston!” ruknida esa “Poema o zemle uzbekskoy”, “Master granatovoy chayxani” singari bir-biridan qiziqarli, malumotlarga boy hujjatli filmlar yaratildi va tomoshabinlarga taqdim etildi.

“O’zbektelefilm” davlat unitar korxonasida 2010 yilga mo`ljallangan rejaga ko`ra xalqimizning ulkan manaviy boyligi — qadriyatlar, urf-odatlar, ananalar ruhi singdirilgan, shuningdek, mamlakatimizning taraqqiyot sari dadil odimlar aks etgan milliy teleseriallar, badiiy va hujjatli filmlar yaratish ustida qizg'in ish olib borilmoqda.