Namangan viloyat teleradiokompaniyasi: yangi yutuqlar sari
Namangan viloyat teleradiokompaniyasi ijodiy-texnik xodimlari uchun 2009 yil ham samarali bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar mohiyatidan kelib chiqib, aholini mamlakatimizda ro`y berayotgan demokratik o`zgarishlardan xabardor qilish, yurtdoshlarimizning talim va madaniy saviyasini oshirishga yo`naltirilgan teledasturlarning sifati va badiiy darajasini yuksaltirish, teletomoshabinlarning ko`ngilochar dasturlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish, milliy qadriyatlar va mentalitetni hisobga olgan holda, ko`rsatuvlar tayyorlashga alohida ahamiyat qaratilyapti.
Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yilida amalga oshirilgan ijodiy ishlar sarhisobi rejalar ijobatini ko`rsatyapti. Ayniqsa, “Qishloqdagi shinam uy”, “Obod manzillar”, “Onajon qishlog'im” singari ko`rsatuvlarda chekka-chekka hududlarda ham amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining mohiyati ochib berildi, qishloq odamlarining ongu tafakkuridagi o`zgarishlar, ularning ertangi kunga bo`lgan ishonchi, tashabbuskorligi va tadbirkorligi keng yoritildi. Shu rukndagi ko`rsatuvlar “O`zbekiston”, “Yoshlar”, “Sport” teleradiokanallari orqali ham namoyish etildi.
2009 yilda tayyorlangan ko`rsatuv va filmlarning asosiy g'oyasi viloyat tarixi, milliy qadriyatlar va manaviy merosimizni asrab-avaylash, bugungi kun yoshlari qo`lga kiritayotgan yutuqlarni targ'ib etishga qaratilganligi bilan birga, Namanganda olib borilayotgan islohotlarning samarasini ochib berish, iqtisodiyot tarmoqlaridagi yutuqlar, qishloq aholisiga yaratilayotgan shart-sharoitlarni aks ettirish edi. “Polvon”, “Usta”, “Namanganda sumalak”, “Shahand odimlari”, “Qishloqda bir kun”, “Namangan atlasi”, “Namanganning olmasi”, “Munchoqtepa”, “Husayni”, “G'ovasoy”, “Namangan so`zanalari”, “Savat” singari ko`rsatuv va filmlarda mavzuning originalligi va uslubning o`ziga xosligi yaqqol namoyon bo`ldi. Bunday filmlarning yaratilishida mahorat talab etiladi, albatta. Shu bois teleradiokompaniya rahbariyati ijodiy-badiiy kengash, muallif, rejissyor va tasvirchilar bilan hamkorlikda yangi rejalar ustida ishlayapti.
2010 yil Yurtboshimiz tomonidan “Barkamol avlod yili” deb elon qilindi. Bu yilda ham ijodiy-texnik xodimlar yangi g'oyalar bilan ijod qilishga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, demokratik o`zgarishlar mazmun-mohiyatini ochib beruvchi ko`rsatuvlar tayyorlashga bel bog'laganlar.
Ayniqsa, “Barkamol avlod yili” rukni ostida mazmundor telemahsulotlar tayyorlashga alohida ahamiyat qaratilyapti. “2010 yil — Barkamol avlod yili”, “Manaviyat”, “Zamonamiz qahramonlari”, “Onajonim — tabiat”, “Taraqqiyot”, “Islohot odimlari”, “Dolzarb mavzu” singari yangi ko`rsatuvlarda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy hayotidagi o`zgarishlar, yaratuvchilik va bunyodkorlik borasidagi yutuqlar va ularda yoshlarning ishtiroki haqida hikoya qilinadi.
Bundan tashqari, maftunkor va betakror yurtimiz tarixi, madaniyati, milliy qadriyat va urf-odatlarini tarannum etuvchi filmlar tayyorlashga, mamlakatimizning tabiiy boyliklarini asrab-avaylash, odamlarda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga qaratilgan telemahsulotlar tayyorlash rejalashtirildi. “Namangan qandolatchiligi”, “Sandiqchi”, “Kichik Movaraunnahr”, “Harxun yo`li”, “Sumbula”, “Laylaklar”, “Mo`-jizaviy buloqlar” deb nomlangan o`nlab filmlar loyihalari ana shular jumlasidandir.
- O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasida uchrashuv
- BAYRAMINGIZ MUBORAK BO`LSIN, AZIZ OPA-SINGILLAR!
- “Atirgul” tanlovi g‘olibini tabriklaymiz
- Farg'ona viloyat teleradiokompaniyasining yosh ijodkorlari
- “Sinxua” axborot agentligi (XXR) vakilining O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga tashrifi
- Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi: Zamon bilan hamnafas

















