Yangi ijodiy marralarga undovchi tanlov
Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ommaviy axborot vositalarining sifati va ta’sirchanligini, jurnalistlarning mas’uliyatini oshirish barobarida, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasida “Oltin qalam” V Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi SH.G‘ulomov boshqargan yig‘ilishda yurtimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, erkinligini ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bu jarayonda jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, kasb malakasi va mahoratini oshirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi tomonidan Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Milliy teleradiokompaniya, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov ham ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Televideniye, radio, davriy matbuot va internet jurnalistikasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mazkur tanlov yurtimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarida tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu jihatlar unda ishtirok etish istagidagi jurnalistlar sonining tobora oshib borayotganida namoyon bo‘lmoqda. Ayni paytda tanlovning nominatsiyalari yil sayin rang-baranglashib bormoqda. Jumladan, joriy yilda “Barkamol avlod yili”ga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun” yangi nominatsiyasi ham kiritilgani buning dalilidir. V Milliy mukofot tanlovi g‘oliblari va sovrindorlari uchun jami 113 million 40 ming so‘m miqdorida pul mukofoti ta’sis etildi. Bu o‘tgan yilgi mukofot fondi miqdoridan qariyb 29 million so‘m ko‘pdir.
- O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi
- Barkamol avlod tarbiyasi uchun
- “Atirgul” tanlovining g‘oliblari
- “A.R.Marahimovni O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida”
- Innovatsion iqtisodiyot: ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi
- A.A.Abduhakimovni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida















