O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


Viloyat teleradiokompaniyalari

Buxoro viloyat Davlat arxivida saqlanayotgan malumotlarga ko’ra, Buxoroda dastlabki radioeshittirishlar o’tgan asrning 20 yillaridan boshlangan.

Buxoro Okrugi Ijroiya Qo’mitasi Ishchi Prezidiumining 1927 yil 23-oktyabrdagi 2-majlis bayoniga muvofiq radiopriyomniklar o’rnatish to’g’risida qaror qabul qilingan.

Arxiv materiallariga ko’ra, Buxoro okrugini radiolashtirish borasidagi 1930 yil 23-yanvardagi maxsus bayonnomaga muvofiq Yangi Buxoro, Gijduvon tumani, Boxovuddin qishloqlari namunali hudud sifatida qabul qilinib, mazkur qishloqlarga 200 ta radiopunktlar o’rnatilishi lozimligi hususida qaror qabul qilingan.

1928-1933 yillarda esa besh yillik radiolashtirish rejasiga binoan viloyat hududida 11995 ta radiopunktlar tashkil etilishi belgilangan.

XX asrning 30-yillarida Buxoro radiosining asoschilaridan biri, bir vaqtning o’zida muharrir, muxbir va diktor sifatida ishlagan Saidjon Karimov soha rivojiga ulkan hissa qo’shgan. Shuningdek, 1940-1950 yillarda Habib Abdullaev, Aleksandr Shneyderman kabi fidoiy insonlar Buxoro radiosi uchun jonbozlik ko'rsatdilar.

Buxoro viloyati aholisi ko’p millatli bo’lganligi bois, radioeshittirishlar dastlabki yillardanoq ikki tilda (uzbek va rus) olib borilgan.

1981-1994 yillarda esa Buxoro viloyat radioeshittirishlari uzbek, rus, tojik va qozoq tillarida efirga uzatilgan.

Buxorolik ijodkorlar tomonidan teleko’rsatuvlarni tayyorlashga dastlabki harakatlar Bahouddin Naqshbandiyning 675 yillik yubileyiga bag’ishlangan teleko’rsatuvni tayyorlash bilan boshlangan. Ushbu ko’rsatuv 1993 yil sentyabr oyida o’zbek, rus va tojik tillarida efirga uzatilgan. Ilk ko’rsatuvlar esa 1994 yil 13 martdan efirga uzatila boshlagan.

Ayni paytda Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida 68 nafar xodim faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning 35 nafari ijodiy xodimlardir.

Teleko'rsatuv va eshittirishlar asosan viloyat xamda respublika ijtimoiy-siyosiy, manaviy xayotiga oid yangiliklar, musiqiy-badiiy, publitsistik, manaviy-marifiy mavzudagi dasturlardan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jixozlash to'grisida» gi 1997 yil 25 avgustdagi 412-son qaroriga muvofiq O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi zamonaviy televizion-texnik vositalarni Buxoro viloyati uchun olish bo'yicha 2006 yilda «Simens AG» firmasi bilan tuzgan shartnoma asosida investitsion dasturga kiritilgan texnika vositalarini Buxoro viloyat teleradiokompaniyasiga olib kelish ishlari yakunlandi.