O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


Viloyat teleradiokompaniyalari

Jizzax viloyat TRK haqida ma`lumot:
Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi 1974 yilda tashkil topgan bo'lib, dastlabki yillardagi faoliyati asosan radioeshittirishlar tayyorlash va efirga uzatishdan iborat bo'ldi. Ortda qolgan 38 yil davomida Jizzax TRK siga N.Noriyev, J.Isroilov, S.Safarov, T.Maksud, X.Ermatov singari tajribali jurnalistlar raxbarlik qilishdi. Bugungi kunda kompaniyaga jurnalist E.Shermanov direktorlik qilmoqda. Jizzax viloyat TRK tashkil topgan dastlabki yili atigi kuniga 1 soatlik eshittirishlar tayyorlanib, efirga uzatilgan bo'lsa, keyinchalik ko'rsatuvlar soati kuniga 2 soatga, eshittirishlar 1 yarim soatga ko'paydi. Mustaqillik yillari, aniqrog'i 1996 yildan boshlab teleko'rsatuv va radioeshittirishlar xajmi, sifati va qamrovi sezilarli darajada kengaydi. Ayni damda Jizzax TRK kuniga 10 soatlik teleko'rsatuvlar, 12 soatlik radioeshittirishlar tayyorlab, efirga uzatmoqda. Bugungi kunda Jizzax viloyat TRK da jami 56 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ularning 28 nafari oliy, 1 nafar to'liqsiz oliy va 17 nafari o'rta maxsus va 10 nafari o'rta ma`lumotga ega. Jamoada 41 nafar erkak va 15 nafar xotin-qiz xodimlar mexnat qilishmoqda.

Jizzax viloyat TRKning tarixi:
1974 yilda Sirdaryo va Samarqand viloyatlari negizida Jizzax viloyati tashkil bo`ldi. Xuddi ana shu yili avgust oyidan boshlab Jizzax viloyat radio qo`mitasining eshittirishlari o`rta va qisqa to`lqinlarda efirga uzatila boshlandi. Jizzax viloyat radiosining eshittirishlari dastlab 5 tilda - o`zbek, rus, qozoq, tojik va qrim tatar tillarida efirga uzatilgan. Jizzax viloyat radiosining tashkil bo`lishida N.Noriyev, Sh.Aliyev, L.Adilshayeva, B.Rizayev, P.Tojiboyev, A.Rayimqulov, S.Safarov, H.Botirov, A.Botirov singari va boshqa ko`plab ijodiy va texnik xodimlarning hissasi katta bo`ldi.

Mustaqillik yillarida Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi nomi bilan faoliyatini davom ettirayotgan jamoa 1996 yildan boshlab o`z teleko`rsatuvlarini efirga uzata boshladi. Ko`rsatuv va eshittirishlarning efir vaqti, sifati va mazmuni kengayib bordi. 2002 yilda boshlab Jizzax radiosi FM 105,5 to`lqinida o`z eshittirishlarini efirga uzata boshladi.

Maqsadi va asosiy vazifalari:
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi o`z ko`rsatuvlari va eshittirishlari ko`lami hamda ta`sir kuchi bilan Jizzax viloyati axborot makonidagi salmoqli o`rin egallaydigan ommaviy axborot vositasidir. Jizzax viloyat teleko`rsatuvlari viloyatning barcha hududlarini, shuningdek, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hududlarini qamrab oladi. Radioeshittirishlar esa, FM 105,5 to`lqinlari orqali 30 kilometr radiusda (Jizzax shahri va shaharga chegaradosh bo`lgan tumanlarda) to`liq, 103,1 ultra qisqa to`lqinlar orqali viloyatning barcha tumanlari, shuningdek, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hududlariga tarqatiladi.

Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi faoliyatida asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilangan:

  • viloyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini, vohada sodir bo`layotgan ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa katta voqealar va tadbirlarni yoritish;
  • mahalliy hokimiyat va o`zini o`zi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini hal etish, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag'ishlangan dasturlar tayyorlash;
  • viloyatning ko`p millatli aholisi manfaatlarini hisobga olgan holda axborot – gumanitar, o`quv madaniy-ma`rifiy ko`rsatuv va eshittirishlarini tashkil qilish;
  • teletomoshabinlar va radiotinglovchilarning intellektual bilim doirasi va saviyasini oshirish, atrof-muhit haqidagi tasavvur va ko`nikmalarini shakllantirish va kengaytirishga qaratilgan ma`rifiy-madaniy dasturlar tayyorlash, jahon hamda milliy madaniyatimizning noyob durdonalari, san`at, musiqa, turizm, kino sohalaridagi zamonaviy yutuqlarni viloyatining ko`p millatli aholisi manfaatlarini inobatga olgan holda ommalashtirish;
  • viloyat aholisining didi va talablariga javob beruvchi, teletomoshabinlar va radioeshituvchilarda ma`naviylik yuksak hislarini tarbiyalovchi yuqori darajadagi badiiy va ko`ngilochar dasturlar tayyorlash.

Efir soati:
Televideniye – 1 haftada 65 soat, radio 1 haftada 84 soat.

Efir qamrovi:
Jizzax viloyat teleko`rsatuvlari 38 va 40-kanallarda viloyatning barcha hududlarini, shuningdek, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hududlarini qamrab oladi.Radioeshittirishlar FM 105,5 to`lqinlari orqali 30 kilometr radiusda (Jizzax shahri va shaharga chegaradosh bo`lgan tumanlarda) to`liq, 103,1 ultra qisqa to`lqinlar orqali viloyatning barcha tumanlari, shuningdek, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari hududlariga tarqatiladi.

Asosan qaysi auditoriya uchun faoliyat yuritadi.
Yoshi, millati, jinsi,e`tiqodidan qat`iy nazar viloyatning barcha aholisi uchun mos ko`rsatuv va eshittirishlar tayyorlab, efirga uzatadi.

Tarkibidagi muharriyatlar va ularning vazifalari:

  1. teleko`rsatuvlar muharriyati;
  2. radioeshittirishlar muxarriyati.