O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


"O`zbekiston" Teleradiokanali


  • «Ko'ngil obodligi»

    Teleko'rsatuvi

    Vaqti
    Hafta kunlari
    • Du
    • Se
    • Ch
    • Pa
    • Ju
    • Sh
    • Ya
  • «Opa-singillar»

    Milliy serial

    Vaqti
    Hafta kunlari
    • Du
    • Se
    • Ch
    • Pa
    • Ju
    • Sh
    • Ya
  • «Oydin hayot»

    Tok-shou

    Vaqti
    Hafta kunlari
    • Du
    • Se
    • Ch
    • Pa
    • Ju
    • Sh
    • Ya
  • «O`zingni angla»

    Tok-shou

    Vaqti
    Hafta kunlari
    • Du
    • Se
    • Ch
    • Pa
    • Ju
    • Sh
    • Ya
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O'zbekiston» teleradiokanali» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2005 yil 8 noyabrdagi PF-3678-son Farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2005 yil 27 dekabrdagi «O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida»gi Qarori asosida faoliyat ko‘rsatadi.
«O'zbekiston» teleradiokanali» davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati sohasidagi eng muhim qarorlari, mamlakatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan, huquqiy-demokratik davlatni, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga yo‘naltirilgan islohotlardan mamlakat aholisi, shuningdek chet el jamoatchiligini har tomonlama va xolis xabardor qilib borish;
- umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial muammolar, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, fermerlar harakati, sog‘liqni saqlash, ta'lim, madaniyat hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini rivojlantirish masalalarini keng yoritish;
- fuqarolarning ta'lim darajasini, siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ularning o‘z fikrini bayon qilishi bilan bog‘liq muammolarni keng muhokama qilish, tele va radiodasturlarni tayyorlash;
- xalqimizning boy madaniy va ma'naviy merosini saqlab qolishga, folklor-etnografik an'analarni rivojlantirishga, milliy hamda jahon adabiyoti, musiqasi, teatri, kinosi, tasviriy san'atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirishga muhim ijtimoiy, gumanitar-ma'rifiy teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tashkil qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinajak farmon va qarorlar asosida maxsus ko‘rsatuvlar, shuningdek, yil davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik hamda davr kishilari haqida videofilmlar, ijtimoiy-siyosiy roliklar tayyorlanadi. Bundan tashqari, Navro‘z va Mustaqil-lik bayramlari ijodiy jamoa tomonidan keng yoritiladi.
«O'zbekiston» teleradiokanali aholining barcha qatlamlari, keng auditoriya uchun mo‘ljallangan. «O‘zbekiston» teleradiokanali efiri Respublika hududining 100 foizini qamrab olgan. Shuningdek, teleradiokanalning tele- va radiodasturlari Internet tarmog‘i orqali on-layn tizimida dunyoga tarqatiladi.
Teleradiokanal haqida
«O'zbekiston» teleradiokanali 24 soat mobaynida uzluksiz efirga uzatiladi.
Teledasturlar «Uzbekistan» sun'iy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali bir kunda 6 soat efirga uzatiladi.
Ayni paytda telekanal bo‘yicha mavjud ko‘rsatuvlar efir vaqti quyidagicha taqsimlanadi:
№ TV/davri (soat)
  1. 1. Bir kunlik ko‘rsatuvlar hajmi 24
  2. 2. Bir haftalik ko‘rsatuvlar hajmi 168
  3. 3. Bir oylik ko‘rsatuvlar hajmi 715
  4. 4. Bir yillik ko‘rsatuvlar hajmi 8700
«O'zbekiston» teleradiokanali tizimidagi mavjud bosh muharririyat muharririyat-studiyalar va ular tomonidan tayyorlab kelinayotgan ko‘rsatuvlar quyidagilardan iborat:
«Axborot» informatsion-tahliliy dasturlar bosh muharririyati
Bosh muharririyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- bosh muharririyat O‘zbekiston Respublikasi Davlat siyosatining targ‘ibotchisi hisoblanib, ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar-sport yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini keng afgor ommasiga tushunarli va aniq raqamlar orqali yetkazib berish, O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatidagi eng muhim qarorlar, xorijiy davlatlarda ro‘y berayotgan demokratik jarayonlar, jamiyatda siyosiy va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, inson omili, inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan davlat siyosati va islohotlar hamda ularning samarasidan mamlakat aholisi, shuningdek chet el jamoatchiligini har tomonlama va xolis xabardor qilib borish maqsadida faoliyat yuritadi.
Ayni paytda bosh muharririyat tomonidan quyidagi ko‘rsatuvlar tayyorlanmoqda:
  • «Axborot». Bir kunda 3 marta 10 daqiqa, 2 marta 30 daqiqadan.
  • «FCN» (ingliz tilida). Haftada 2 marta, 10 daqiqa
  • «Tahlilnoma». Haftada 1 marta, 40 daqiqa.
  • «Tezkor xabarlar». Haftada 2 marta, 10 daqiqa.
«Assalom, O‘zbekiston!» studiyasi
Studiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- aholini mamlakat va dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy, ilmiy-texnikaviy yangilik va jarayonlardan xabardor qilish;
- tonggi kayfiyatga mos keladigan suhbat va lavhalar tayyorlash;
- ma'rifat va ta'lim yo‘nalishida tomoshabinning ichki dunyosini, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan materiallar tayyorlash;
- ulkan bunyodkorlik ishlari, xalqimizning yaratuvchilik qudrati, zamonamizning bugungi qahramonlari hayoti, taqdiri haqida publitsistik materiallar, teleocherklar tayyorlash;
- ko‘ngilochar sahifalar tayyorlab borish va bunda shu paytga qadar jahon telekanallarida mavjud bo‘lgan, xalqimiz mentaliteti, axloq odobi, qadriyatlariga mos keladigan jihatlarni o‘zlashtirish;
- milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda millatlararo totuvlik mavzusida telemahsulotlar tayyorlash;
- muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, ulug‘ ajdodlarimiz va ibratli zamondoshlarimiz haqida muntazam ravishda lavhalar tayyorlab borish.
Ayni paytda studiya tomonidan quyidagi ko‘rsatuv tayyorlanmoqda:
  • «Assalom, O‘zbekiston!». Bir kunda 2 marta, 1 soatdan.
«Madaniy-ma'rifiy va badiiy-dam olish dasturlar»
bosh muharririyati
Bosh muharririyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- badiiy va dam olish;
- ma'rifiy-ma'naviy, ta'lim, sihat-salomatlik;
- milliy, ma'naviy, madaniy qadriyatlarni targ‘ib etish;
- milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- adabiyot, kino, teatr, tasviriy, xalq amaliy va folklor hamda san'atning boshqa yo‘nalishlari;
- teletomoshabinlarni o‘zining ishi, hayoti va taqdiri bilan o‘rnak bo‘ladigan zamonamiz qahramonlari bilan tanishtirish;
- ona yurtimizning tarixi, tabiati, afsona va miflari, ertaklari, marosimlari, milliy o‘zligining publitsistik va badiiy tashviqoti;
- bolalar tarbiyasi va bolalarbop telemahsulotlarga ega bo‘lish;
- zamonaviy andozadagi va turli yo‘nalishdagi tok-shoularga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi;
- milliy o‘zlikni anglash jarayonini badiiy tafakkur va badiiy mushohadalar orqali yoritadi;
- dunyo adabiyoti, jahon madaniyati, tarixi, san'ati, kino va seriallarining ilg‘or an'analari, yutuqlarini o‘zbek tomoshabinlariga yetkazish borasida faoliyat ko‘rsatadi;
- respublika teatrlari spektakllari (musiqiy, drama, komediya), muhim sanalarni nishonlash, hukumat va ijodiy jamoalar tadbirlarini yozib oladi, efirga tayyorlaydi, ularni saralab, eng muhimlarini istiqbolga asrab qo‘yadi;
- turli studiyalar bilan hamkorlikda ko‘rsatuvlar, televizion badiiy film, seriallar va xujjatli filmlar, telespektakllar, videofilmlar, videospektakl, teleocherk, teleinssenirovkalar tayyorlaydi.
Ayni paytda bosh muharririyat tomonidan quyidagi ko‘rsatuvlar tayyorlanmoqda:
  • «Biz uchun muhim». Oyda 2 marta, 45 daqiqa
  • «Farzandim!». Oyda 4 marta, 20 daqiqa
  • «Ko‘ngil qo‘shiq istaydi». Bir kunda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Dilnavo». Oyda 4 marta, 30 daqiqa
  • «Baxshiyona». Haftada 3 marta, 10 daqiqa
  • «Sho‘rdanak». Hajviy ko‘rsatuv. Oyda 2 marta, 30 daqiqa
  • «Xushchaqchaq» Oyda 2 marta, 20 daqiqa
  • «Tabassum». Oyda 2 marta, 20 daqiqa
  • «Shumtakalar». Hajviy telejurnal. Haftada 2 marta, 10 daqiqa
  • «TV - shifokor». Haftada 2 marta, 5 daqiqa
  • «Hammasi hayot haqida». Oyda 2 marta, 30 daqiqa
  • «AKT olamida». Oyda 1 marta, 15 daqiqa
  • «Qalb gavhari». Oyda 1-2 marta, 20 daqiqa
  • «Boqiy Toshkent». Oyda 4-5 marta, 10 daqiqa
  • «Usturlob». Oyda 4 marta, 20 daqiqa
  • «Dolzarb mavzu».
  • «Erkin fikr». Oyda 4 marta, 10 daqiqa
  • «Ko‘rganlarimiz haqida». Oyda 4 marta, 25 daqiqa
  • «Ko‘ngil obodligi». Oyda 2 marta, 25 daqiqa
  • «Qishloqdan maktublar». Oyda 2 marta, 20 daqiqa
  • «Ziyo» studiyasi: E'tiqod mustahkamligi yo‘lida. Oyda 2 marta, 20 daqiqa.
  • «Hidoyat sari». Oyda 2 marta, 20 daqiqa.
  • «Navoyni anglash». Oyda 1 marta, 15 daqiqa
  • «Oydin hayot». Oyda 4 marta, 45 daqiqa.
  • «Tarix ko‘zgusi». Oyda 2 marta, 20 daqiqa.
  • «Onalar maktabi». Oyda 2 marta, 15 daqiqa.
  • «O‘zingni angla» Tok - shou. Oyda 4 marta, 45 daqiqa.
«Ijtimoiy - siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar»
bosh muharririyati

Bosh muharririyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari, fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, milliy g‘oyani singdirish, yoshlarni milliy vatanpar-varlik ruhida tarbiyalash, inson omili va inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan yangilanishlarni keng targ‘ib qilish;
- iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining huquqiy himoyasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyatni ko‘rsatish;
- ulkan bunyodkorlik ishlari, xalqimizning yaratuvchilik qudrati, zamonamizning bugungi qahramonlari hayoti, taqdiri haqida publitsistik materiallar, teleocherklar tayyorlash;
- fermerlik harakatining targ‘iboti orqali o‘zbek dehqonining turmush tarzi, dunyoqarashi, tafakkurini aks ettirish;
- milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda millatlararo totuvlik mavzusida telemahsulotlar tayyorlash;
- qonun ustuvorligini ta'minlash, mamlakatimizdagi barqarorlikka xalal berayotgan omillar, jamiyatda uchraydigan ayrim illatlar, noxush holatlarga qarshi kurashish, islohotlarga to‘g‘anoq bo‘layotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan teledasturlar tayyorlash;
- fuqarolar mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining ustuvor yo‘nalishlari va ularni rivojlantirish hamda bu boradagi muammolar va ularning yechimlari haqidagi fikr-mulohazalari, takliflarini bayon qilishi uchun sharoit yaratishdan iborat.
Ayni paytda bosh muharririyat tomonidan quyidagi ko‘rsatuvlar tayyorlanmoqda:
  • «Munozara». Oyda 2 marta, 25 daqiqa
  • «Qishloq hayoti». Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Bir jinoyat izidan». Oyda 2 marta, 20 daqiqa
  • «Odil sud». Oyda 2 marta, 30 daqiqa
  • «O‘zbekiston - umumiy uyimiz». Oyda 2 marta, 30 daqiqa
  • «Yagona oilada». Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Ranginkamon». Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Didar». Oyda 2 marta,15 daqiqa
  • «Chinsen». Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Nao‘pir» Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Yurgan-daryo...» Oyda 4 marta 20 daqiqa
  • «Qonun - ustuvor». Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Sarhad bilmas do‘stlik». Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Taraqqiyot dasturi». Oyda 4 marta, 30 daqiqa
  • «Fuqarolarning murojaatlari - jamiyat ko‘zgusi» . Oyda 1 marta, 40 daqiqa
  • «El tinchligi yo‘lida». Oyda 1 marta, 15 daqiqa
  • «Yaxshi dam». Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Nigoh». Oyda 2 marta, 25 daqiqa
«Yangi jamiyat» studiyasi
Studiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- mamlakatimizning siyosiy, huquqiy-ma'rifiy hayotida amalga oshirilayotgan muhim voqealarni yoritish, fuqarolarning siyosiy va huquqiy-ma'rifiy madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, mustaqilligimizga rahna solayotgan tahdidlarga qarshi jamoatchilik fikrini shakllantirish, keng ko‘lamli islohotlar va demokratik o‘zgarishlarni targ‘ib qilish, jahonda sodir bo‘layotgan voqyealarni tahlil qilish, odamlarni ogohlikka da'vat qilish;
- siyosiy, huquqiy va ma'rifiy islohotlarni chuqurlashtirish, sisyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish;
- ma'naviy, milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, aholining o‘zini-o‘zi boshqarishini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ko‘rsatuvlar, davra suhbatlari, teleocherklar tayyorlash;
- millatlararo va konfessiyalararo totuvlikning asosiy omillari haqida mahsulotlar tayyorlash;
- demokratiya niqobi ostidagi targ‘ib qilinayotgan fahsh, zo‘ravonlik, milliy mahdudlik kabi illatlarning asl mohiyatini fosh qiladigan dolzarb ko‘rsatuvlar tayyorlash;
- fuqarolarimizga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy va huquqiy-ma'rifiy islohotlar, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faoliyati haqidagi fikr va mulohazalarini bayon etish uchun sharoit yaratib berishdan iborat.
Ayni paytda studiya tomonidan quyidagi ko‘rsatuvlar tayyorlanmoqda:
  • «Chorraha». Oyda 2 marta, 15 daqiqa.
  • «Munosabat». Oyda 4 marta, 30 daqiqa.
  • «Ayol va zamon». Oyda 2 marta, 20 daqiqa
«Istiqbol» teleloyihalar studiyasi
Studiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkor ishtirokchisining dunyoqarashi, jamiyatdagi o‘rnini ifodalaydigan ko‘rsatuvlar, qisqa hajmdagi turkum filmlar va ijtimoiy roliklar, yangi teleloyihalarni yaratish;
- yurtimizdagi siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ro‘y berayotgan, huquqiy-demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlar to‘g‘risida yangi turkum ijtimoiy roliklar va ko‘rsatuvlar;
- milliy va diniy qadriyatlarimizni targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuvlar tayyorlash;
- bugungi kunda muhim bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek ishlarni keng yoritish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuv va tok-shoular uyushtirish;
- ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga mos intellektual o‘yin hamda sog‘lomlashtirish, dam olish yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan ko‘rsatuvlar tashkil etish;
- yosh oilalarni mustahkamlash, ota-ona va farzandlar, qaynona-kelin, milliy qadriyatlarimiz mavzusini qamrab olgan ko‘rsatuvlar tayyorlashdan iborat.
Ayni paytda studiya tomonidan quyidagi ko‘rsatuvlar tayyorlanmoqda:
  • «Bilimlar kamalagi». Intellektual o‘yin. Oyda 4 marta, 40 daqiqa
  • «Sen yolg‘iz emassan...». Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Umr zavoli». Oyda 1 marta, 15 daqiqa
  • «Mening bog‘im». Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Men va U....». Oyda 2 marta, 25 daqiqa
  • «Bilimdon». Intellektual o‘yin. Oyda 2 marta, 60 daqiqa
  • «O‘yla, izla, top!». Oyda 4 marta, 40 daqiqa
  • «Zakovat». Oyda 2 marta, 1 soat.
  • «Ayol baxti». Oyda 2 marta, 15 daqiqa.
  • «Kunlarning birida». Hafta 1-2 marta, 15 daqiqa
  • «Qorachiq». Oyda 2 marta, 20 daqiqa.
  • «Hamma uchun». Oyda 2 marta, 30 daqiqa
«Kino va tezkor dublyaj» studiyasi
Studiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- kinomahsulotlarni efirga rejalashtirish va muvofiqlashtiish;
- har bir badiiy, video, ilmiy-ommabop film yoki serialni xalqimiz mentalitetiga mos, til va axloq-odob normalaridan chiqmagan holda dublyaj qilish;
- o‘zbek tiliga o‘girilgan film yoki serialning ovozi, tili, tasvir sifati uchun javobgar bo‘lish;
- teleradiokanal mahsulotlarini ovozlashtirish bilan shug‘ullanadi.
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar muxbirlari tarmog‘i»
Muxbirlar tarmog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardagi o‘z muxbirlari tomonidan taqdim qilingan dolzarb mavzulardagi lavha va reportajlarni informatsion dasturlarga joylashtiradi. Bundan tashqari ayni paytda muharririyat tomonidan quyidagi ko‘rsatuvlar tayyorlanmoqda:
  • «Hududlar hayoti» Oyda 2 marta, 15 daqiqa
  • «Yangilanayotgan yurt» Oyda 4 marta, 15 daqiqa
Radiokanal haqida
Ayni paytda radiokanal bo‘yicha mavjud eshittirishlar efir vaqti quyidagicha taqsimlanadi:
№ RE/davri (soat)
1. Bir kunlik eshittirishlar hajmi 22
2. Bir haftalik eshittirishlar hajmi 154
3. Bir oylik eshittirishlar hajmi 660
4. Bir yillik eshittirishlar hajmi 8052
«O’zbekiston» radiokanali eshittirishlari informatsion, ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy-badiiy va ko‘ngilochar-musiqiy-dam olish yo‘nalishida bo‘lib, ular o‘z tinglovchilariga FM to‘lqinlari, shuningdek, Internet orqali yetib boradi.
«O'zbekiston» radiokanali tizimidagi mavjud muharririyatlar va ular tomonidan tayyorlanib kelinayotgan eshittirishlar quyidagilardan iborat:
« «Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar» muharririyati
Ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi eshittirishlar orqali iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, fermerlar harakati, sog‘liqni saqlash, ta'lim, madaniyat kabi sohalar keng yoritiladi.
Ayni paytda muharririyat tomonidan quyidagi eshittirishlar tayyorlanmoqda:
  • «Sog‘lom farzand - yurt tayanchi». Haftada 1 marta. 20 daqiqagacha
  • «Fan fidoyilari». Haftada 1 marta. 20 daqiqagacha.
  • «Abituriyent-2014». Iyul-avgust oyida haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Hunar-zar». Oyda 2 marta 20 daqiqagacha.
  • «Boqiy an'analar». Haftada 1 marta. 20 daqiqagacha.
  • «Vatan himoyachilari». Haftada 1 marta. 20 daqiqagacha.
  • «Iqtisod olamida». Haftada 5 marta. 20 daqiqagacha.
  • «Ogoh bo‘ling - OITS». Haftada 1 marta. 20 daqiqagacha.
  • «Parlament faoliyati». Haftada 1 marta. 20 daqiqagacha.
  • «Salomatlik» radiojurnali. Haftada bir marta. 20 daqiqagacha.
  • «To‘rtinchi tamoyil» Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Farovonlik yo‘lida». Haftada 2 marta. 20 daqiqagacha.
  • «Shu kunning mavzusi». Haftada 3 marta. 20 daqiqagacha.
  • «Ekomuvozanat». Haftada 1 marta. 20 daqiqagacha
  • «O‘zbekiston yoshlari». Haftada 1 marta, 20 daqiqagacha.
  • «O‘zbekistonda turizm». Oyda 2 marotaba. 20 daqiqagacha.
  • «Qalqon». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Qishloq hayoti». Har kuni 20 daqiqagacha.
«Madaniy-ma'rifiy, badiiy eshittirishlar» muharririyati
Ma'naviy-ma'rifiy-badiiy yo‘nalishdagi eshittirishlar xalqimizning boy madaniy, ma'naviy merosini saqlab qolishga, rivojlantirishga, milliy hamda jahon adabiyoti, teatri, tasviriy san'atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirishga mo‘ljallangan.
Ayni paytda muharririyat tomonidan quyidagi eshittirishlar tayyorlanmoqda:
  • «Bolalar uchun». Har kuni 45 daqiqagacha.
  • «Bolalar va biz». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Bor ekanda, yo‘q ekan». Har kuni 15 daqiqagacha.
  • «Dugonalar». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Hamroh». Haftada 1 marta 100 daqiqagacha.
  • «Hidoyat sari». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Millat va ma'naviyat» Haftada 2 marta 20 daqiqagacha.
  • «Ta'lim va taraqqiyot». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Kamolot». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Adabiy iqlim». Har kun 20 daqiqadan 30 daqiqagacha.
  • «Yetti rang». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Bedorlik». Har kuni 55 daqiqagacha.
  • «Radioteatr». Har kuni 55 daqiqagacha.
  • «Umr daftari». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Sahna va ekran». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Etnoglobus». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «Bugun va bir umr». Haftada 1 marta 20 daqiqagacha.
  • «G'azalxonlik». Haftada 2 marta 10 daqiqa
«Ko‘ngilochar va musiqiy eshittirishlar» muharririyati
Ko‘ngilochar-musiqiy-dam olish yo‘nalishidagi eshittirishlar milliy san'atimiz, musiqamiz, kinomiz, shuningdek jahon san'ati, musiqasining eng yaxshi namunalari bilan tanishtiradi. Qo‘shiqchilik, bolalar musiqasi, musiqa maktablari borasida tahliliy materiallarni jamlaydi.
Ayni paytda muharririyat tomonidan quyidagi eshittirishlar tayyorlanmoqda:
  • «Durdona». Haftada 4 marta, 40 daqiqagacha.
  • «Tabassum». Haftada 1 marta 30 daqiqagacha.
  • «Tungi dildosh». Har kuni 50 daqiqagacha.
  • «Musiqa mezoni». Haftada 1 marta, 30 daqiqagacha.
  • «Soz sadosi». Haftada 1 marta, 40 daqiqagacha.
  • «Estradani tinglab». Haftada 1 marta, 20 daqiqagacha.
  • «Yaxshi kayfiyat». Yakshanbadan tashqari har kuni 1soat 40 daqiqagacha.
  • «Maktab va musiqa». Haftada 1 marta. 30 daqiqagacha.
  • «Tig‘iz payt». Yakshanbadan tashqari har kuni 1 soat 40 daqiqagacha.
  • «Musiqiy did» interaktiv eshittirishi. Haftada 1 marta, 40 daqiqagacha.
  • «Avj sururi». Haftada bir marta, 30 daqiqagacha.
«Yangi jamiyat» studiyasining radiokanal bo‘limi
- mamlakatimizning siyosiy, huquqiy-ma'rifiy hayotida amalga oshirilayotgan muhim voqyealarni yoritish, fuqarolarning siyosiy va huquqiy-ma'rifiy madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, mustaqilligimizga rahna solayotgan tahdidlarga qarshi jamoatchilik fikrini shakllantirish, keng ko‘lamli islohotlar va demokratik o‘zgarishlarni targ‘ib qilish, jahonda sodir bo‘layotgan voqealarni tahlil qilish, odamlarni ogohlikka da'vat qilish;
- siyosiy, huquqiy va ma'rifiy islohotlarni chuqurlashtirish, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish;
- millatlararo va konfessiyalararo totuvlikning asosiy omillari haqida mahsulotlar tayyorlash;
- fuqarolarimizga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy va huquqiy-ma'rifiy islohotlar, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faoliyati haqidagi fikr va mulohazalarini bayon etish uchun sharoit yaratib berishdan iborat.
Ayni paytda studiya tomonidan quyidagi eshittirishlar tayyorlanmoqda:
  • «Hayot va qonun». Haftada 2 marta, 20 daqiqagacha.
  • «Dahldorlik» Haftada 1 marta, 20 daqiqagacha.
  • «O‘zbekiston - yagona oila». Haftada 1 marta, 20 daqiqagacha
  • «Konstitutsiya - jamiyat poydevori». Oyda 1 marta, 20 daqiqagacha.
  • «Hamkorlik samaralari». Oyda 1 marta, 20 daqiqagacha.
Qoraqalpog‘iston va viloyatlar muxbirlar tarmog‘i
Muxbirlar tarmog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlar-dagi o‘z muxbirlari tomonidan taqdim qilingan dolzarb mavzulardagi lavha va reportajlarni informatsion dasturlarga joylashtiradi. Bundan tashqari ayni paytda muharririyat tomonidan quyidagi eshittirishlar tayyorlanmoqda:
  • «Yurt sarhadlarida». Har kun 20 daqiqagacha.
  • «Tafsilot». Haftada 6 kun 20 daqiqagacha.