O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


"Yoshlar" Teleradiokanali


  • «Nuqtai nazar»

    Tok-shou

    Vaqti
    Hafta kunlari
    • Du
    • Se
    • Ch
    • Pa
    • Ju
    • Sh
    • Ya
  • «Imkon-shou»

    Tok-shou

    Vaqti
    Hafta kunlari
    • Du
    • Se
    • Ch
    • Pa
    • Ju
    • Sh
    • Ya
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «Yoshlar» teleradiokanali mamlakatimiz hayotida ro`y berayotgan ulkan ijobiy o`zgarishlarni keng yoritishda, shuningdek, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarda muhim o`rinlardan birini egallagan. Shunisi e`tiborliki, «Yoshlar» teleradiokanali o`zini o`zi to`liq moliyaviy ta`minlash orqali faoliyat yurituvchi aktsionerlik jamiyati shaklidagi ommaviy axborot vositasidir.
«Yoshlar» teleradiokanali uzluksiz kunu tun efirga chiqishi bilan birga, uning tele- va radiodasturlari Internet tarmog'i orqali butun dunyoga tarqatilmoqda. 2005 yilda mamlakatimizning ayrim viloyatlaridagina «Davr» teledasturining muxbirlari faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, 2006 yilda «Yoshlar» teleradiokanalining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi Muxbirlar punktlari tarmog'i shakllantirildi. Bugun ushbu tarmoq samarali faoliyat ko`rsatib, butun mamlakat hayotini atroflicha yoritish borasida katta yutuqlarga erishmoqda. O`tgan yetti yil ichida teleradiokanal ko`plab xorijiy telekompaniyalar bilan aloqa o`rnatgan bo`lib, buning natijasida o`zaro teleko`rsatuvlar ayrboshlash va tajriba almashish samarali yo`lga qo`yildi, jumladan, «Yoshlar» teleradiokanalining bir qancha telemahsulotlari Saudiya Arabistoni, Koreya Respublikasi, Turkiya, Rossiya kabi mamlakatlar telekompaniyalariga taqdim etildi. Teleradiokanal «Jahon» axborot agentligi bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yib, dunyo voqealardan mamlakatimiz aholisini tezkorlik bilan xabardor etib borishga erishmoqda. «Yoshlar» teleradiokanali mablag'lari hisobidan badiiy telemahsulotlar ishlab chiqarish ham yo`lga qo`yilgan bo`lib, «O`zbektelefilm» davlat unitar korxonasida teleradiokanal buyurtmasi asosida ko`plab milliy serial va badiiy filmlar yaratildi.
Teleradiokanal faoliyatini tobora takomillashtirib borishni ko`zda tutuvchi ko`plab ichki me`yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etilmoqda. O`tgan davr mobaynida teleradiodasturlarning g'oyaviy-badiiy va professional saviyasi oshib, zamonaviy texnika va texnologiyalar samarasini hamda dunyo telejurnalistikasining eng ilg'or yutuqlari muvaffaqiyatli o`zlashtirildi. Eng muhimi, milliy g'oya va istiqlol mafkurasiga yo`g'rilganligi ham «Yoshlar» teleradiokanalining katta yutug'idir.
«Yoshlar» teleradiokanali o`z ijodiy-ishlab chiqarish faoliyatini moliyaviy jihatdan ta`minlashi bilan birga, xodimlarni rag'batlantirishda ularning iste`dodi, malakasi, tajribasi va mehnat samaradorligini inobatga olgan holda yondoshishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Bozor munosabatlari sharoitida va sohadagi mavjud kuchli raqobat muhitida ijodiy-texnik xodimlarni rag'batlantirish va ularni yangidan-yangi ijobiy natijalar sari ruhlantirishning unumli hamda jahon tajribasiga asoslangan mexanizmlarini samarali tadbiq etish bugungi davr talabi bo`lib, «Yoshlar» teleradiokanali tomonidan tobora kengroq o`zlashtirib borilmoqda. Boshqacha aytganda, har bir inson mehnatiga yarasha e`zozlanishi va qo`llab-quvvatlanishi shartligi amalda namoyon bo`lmoqda.
Teleradiokanal jamoasi erishayotgan yutuq va natijalar munosib e`tirofga sazovor bo`layotganligini ham alohida ta`kidlash zarur. «Yoshlar» teleradiokanali xodimlari orasida O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi unvonlariga, «Do`stlik» ordeni hamda «Jasorat», «Shuhrat» medallariga sazovor bo`lganlar bor. 2010 yilda «Oltin qalam» V Milliy mukofoti uchun bo`lib o`tgan xalqaro tanlovning bosh milliy mukofoti ham «Yoshlar» teleradiokanaliga munosib ko`rilganligi ko`p narsadan dalolat beradi.
«Yoshlar» teleradiokanalining 50 dan ziyod ijodiy xodimlari va texnik mutaxassislari Rossiya, Malayziya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy, Germaniya, Hindiston kabi qator xorijiy mamlakatlar telekompaniyalarida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar. «Yoshlar» teleradiokanali erishayotgan ijobiy natijalar, avvalambor, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarini har taraflama qo`llab-quvvatlashga alohida e`tibor qaratilayotganligi tufaylidir.
«Yoshlar» teleradiokanali» AJ O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 noyabrdagi «Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g'risida»gi PF-3678- Farmoniga asosan tashkil qilingan.
Telekanalning asosiy maqsad va vazifalari:
- mamlakatni demokratik yangilash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida yoshlarning ishtirokini keng yoritish;
- umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib qilish, yigit va qizlarni xalqimizning tarixiy an`analari, ma`naviy qadriyatlari, milliy madaniyatimiz va jahon tsivilizatsiyasining ilg'or yutuqlari asosida ma`naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ma`rifatli, bilimli hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz zamonaviy yoshlarining ichki ma`naviy dunyosini namoyon etishga yo`naltirilgan teleko`rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash;
- O`zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yosh avlodning faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan respublika va xalqaro miqyosdagi turli tele-, radiofestivallarni tashkil qilish.
«Yoshlar» telekanalining kundalik efir hajmi bugungi kunda 24 soatni, radiokanalning kundalik efir hajmi 22 soatni tashkil etadi.
«Yoshlar» teleradiokanali» AJning ko`rsatuv va eshittirishlarini Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarda qabul qilish mumkin.
«Yoshlar» teleradiokanali» AJning auditoriyasi asosan turli kasb va mutaxassislikdagi yoshlar, talabalar, maktab o`quvchilari va ziyolilardan iborat.
«Yoshlar» teleradiokanali» AJda bir necha muharririyatlar faoliyat yuritib, ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
«Davr» axborot dasturlari bosh muharririyati.
- Respublikamizning ichki va tashqi siyosatida, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilm-fan, sport kabi bir qator sohalarida hamda jahon sahnida sodir bo`lgan eng so`nggi voqealar tafsiloti aks etgan;
- aholining ta`lim va madaniy saviyasini oshirish, milliy an`analarni, tarixiy va ma`naviy merosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan;
- O`zbekistonning maftunkor va betakror tabiatini, madaniyatini, tarixini, ilm-fanini, jahon hamjamiyatida tutgan o`rnini hamda o`zbek xalqining o`ziga xos boy madaniyati, dunyoqarashi, intellektual salohiyatini tarannum etuvchi, jamiyatimizda rivojlangan sog'lom turmush tarzi, milliy madaniyatimiz, aziz allomalarimizning ibratli hayoti, xalqimizning millatlararo totuvlik, bag'rikenglik, o`zaro mehr-oqibat kabi azaliy qadriyatlari aks ettirilgan;
- O`zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ro`y berayotgan, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan demokratik o`zgarishlarda har bir fuqaroning faol ishtiroki, fidoiyligi, Vatanga muhabbat va sadoqatini aks ettiruvchi, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladigan;
- yurtimizda kechayotgan islohotlar, demokratik jarayonlarda bevosita ishtirok etayotgan, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash yo`lida o`z faoliyati bilan hissasini qo`shayotgan turli kasb egalari, yoshlar, tadbirkor va fermerlar hamda zamonaviy qahramon obrazi aks etgan informatsion-tahliliy dasturlarni tayyorlab, efirga uzatadi.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi dasturlari bosh muharririyati.
- aholining ta`lim va madaniy saviyasini oshirish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlar va harbiylik sohasini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan;
- xalq, millat va O`zbekiston manfaati ulug'langan, vatanparvarlikning ma`no-mohiyati, milliy ma`naviyatimizning qadimiy ildizlari, noyob va betakror namunalari aks etgan;
- milliy armiyamizning shakllanishi va rivojlanishida amalga oshirilayotgan harbiy islohotlarning ustuvor yo`nalishlari, mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari bilan bog'liq tushunchalar singdirilgan;
- inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan demokratik o`zgarishlarda har bir fuqaroning faol ishtiroki, fidoiyligi, Vatanga muhabbat va sadoqatini aks ettiruvchi, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladigan;
Madaniy-ma`rifiy, ilmiy-ommabop, ta`lim va ko`ngil ochar dasturlari bosh muharririyati.
- muharririyat mamlakatni demokratik yangilash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida yoshlarning ishtirokini keng yoritish;
- umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib qilish, yigit va qizlarni xalqimizning tarixiy an`analari, ma`naviy qadriyatlari, milliy madaniyatimiz va jahon tamaddunining ilg'or yutuqlari asosida ma`naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ma`rifatli, bilimli hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz zamonaviy yoshlarining ichki ma`naviy dunyosini namoyon etish;
- tarixiy voqelikni ishonchli manbalar yordamida xolis yoritish, boy ma`naviy meros qoldirgan buyuk siymolarimiz hayotini chuqur o`rgangan holda ularning ezgu ishlarini ibrat sifatida ko`rsatish;
- xalq, millat va O`zbekiston manfaati ulug'langan, ma`naviyatning ma`no-mohiyati, milliy ma`naviyatimizning qadimiy ildizlari, noyob va betakror namunalari aks etgan;
- milliy urf-odat va qadriyatlarning hayotimizdagi o`rni hamda ahamiyati, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo`nalishlari, mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari, ota-ona, oila, mahalla, tarixiy xotira, milliy g'urur, komil inson tarbiyasi bilan bog'liq tuyg'u va tushunchalar singdirilgan;
Kino, operativ dublyaj studiyasi
- aholining ta`lim va madaniy saviyasini oshirish, milliy an`analarni, tarixiy va ma`naviy me`rosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan;
- xalq, millat va O`zbekiston manfaati ulug'langan, ma`naviyatning ma`no-mohiyati, milliy ma`naviyatimizning qadimiy ildizlari, noyob va betakror namunalari aks etgan;
- g'oyaviy, ma`naviy-axloqiy, badiiy jihatdan yuqori saviyada bo`lgan, milliy ong va tafakkur yuksalishini, badiiy did, idrok va tasvir muammolarini teran tahlil etuvchi fikr-mulohazalar hamda milliy kino san`ati rivoji har tomonlama yoritilgan teleko`rsatuvlar va dasturlar tayyorlaydi.
- teleradiokanal Arxiv fondini muntazam boyitib borishga xizmat qiluvchi g'oyaviy-badiiy, mafkuraviy jihatdan yetuk badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop, multiplikatsion filmlar va seriallarni tezkor dublyaj qiladi. Zamonaviy teleuslubda videoroliklar va teleanonslar tayyorlaydi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar muxbirlar tarmog'i
- respublikamiz ichki siyosatida, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilm-fan, sport kabi bir qator sohalarda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, eng so`nggi voqealar tafsiloti aks etgan;
- viloyatlarda aholining ta`lim va madaniy saviyasini oshirish, milliy an`analarni, tarixiy va ma`naviy merosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan;
- hududlarda ro`y berayotgan o`zgarishlarda fuqarolarning ishtiroki, fidoiyligi, Vatanga muhabbat va sadoqatini aks ettiruvchi, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladigan;
- hududlarda kechayotgan islohotlar, demokratik jarayonlar tahliliga bag'ishlangan informatsion dasturlar, teleko`rsatuvlarni tayyorlab, efirga uzatadi.
«Yoshlar» teleradiokanali» AJda efirga uzatiladigan ko`rsatuv va eshittirishlarning to`liq ro`yxati
Ko`rsatuvlar:
«Davr»
«UzEX xabarlari»
«Avtopatrul»
«Ko`zmunchoq»
«Osh bo`lsin!»
«Jinoyat va jazo»
«Mustahkam, sog'lom oila»
«Tarannum»
«Oltin mikrofon»
«Hayotbaxsh navolar»
«Ilhom qanotlari»
«Jahon musiqasi»
«O`zimiz haqimizda»
«Aylanay»
«Ro`zg'or maktabi»
«Yo`l-yo`lakay»
«Kinomaniya»
«Baxt formulasi»
«Kamolot-info»
«Nuqtai nazar»
«Vatanparvar»
«Hayot go`zal!»
«Sog'lom oila»
«Sharq gavhari»
«Ko`ngil ko`chalari»
«13-studiya»
«Sehrli qo`llar»
«Zar zamin»
«Hayot so`qmoqlari»
«Ibrat maktabi»
«Qishloq taraqqiyoti»
«Barkamollik yo`lidan»
«Ogoh bo`ling»
«Yoshlar va ta`lim»
«O`zbegim yoshlari»
«Ertakchi bolajonlar»
«Katta tanaffus»
«Do-mi-sol»
«Qo`shimcha dars»
«Quvnoq alifbo»
«Bolalar ilhomi»
«Bolalar tabassumi»
«Multipanorama»
«Mo``jizaviy dunyo»
«Afsona va haqiqat»
«Qalpoq»
«Ko`zgu»
«Yoshlik navolari»
«O, sport!»
«Sportimiz yulduzlari»
Eshittirishlar:
«Ohanglar jozibasi»
«Hayrat»
«Baxt chizgilari»
«Mutolaa»
«Jiblajibon»
«Bolalar vaqti»
«Bugunning yoshlari»
«Tibbiy hudud»
«Kichik karvon»
«Jahon klassik musiqasi»
«Oila huquqi»
«Kun qiyofasi»
«O`zbegoyim»
«Ochiq dars»
«Kontseptsiya va matbuot»
«Davr» yangiliklari (rus tilida)
«Yoshlar bilan»
«Chaman» (turkman tilida)
«Tarix ko`zgusi»
«Tarbiyaning oltin qoidasi»
«Yoshlik zangor fasl»
«Yoshlar nigohi»
«Iqtisod sabog'i»
«Davr» axborot dasturi
«Shohona»
«Oqshom ertaklari»
«Imkon-shou»
«Interaktiv» dastur
«Tungi tuhfa» dasturi
«Tun hali uzoq»
«Hayot so`qmoqlari»
«G'azalxon yoshligim»
«Oltin meros»
«Azim daryo»
«Yonimdagi baxt»
«Kitoblar olamida»
«Musiqa va hayot»
«Ogoh bo`ling!»
«Ibrat bekatlari»
«Yoshlar bilan»
«Ekologiya va yoshlar»
«Fikrdan-fikrgacha»
«Bugunning gapi»
«Zebo pari»
«Jahon auditoriyasi»
«Erkin va obod Vatan»
«Ulug'imsan, Vatanim!»
«Qadriyat»
«Yashil sayyora»
«Xolis yondashuv»
«Do`stona maslahat»
«XXI - asr texnologiyalari»
«Mahorat»
«Sport- saodatim»
«Oqshom suhbatlari»
«Sloyenaya noch»
«Qalbim chechagi»
«Baxtimiz qomusi»
«Mening yurtim»
«Omad kaliti»
«Men iste`molchi»
«Umr qadri»
«To`rtinchi studiya»
«Yoshlik qudrati»
«Odamiy ersang»
«Yigit omon bo`lsa»
«Yoshlar va adabiyot»
«G'animat fursatlar»
«Hikoyaning davomi»
«Nur va zulmat» radioseriali
«Dilga yaqin ohanglar»
«Omad kelganida»
«Namaste, Hindiston!»
«Hafta reportaji»
«Huquqshunos javob beradi»
«Ishonch va imkoniyat»
«Mehr qolur»
«Adabiyot maydoni»
«Ma`rifat manzillari»
«Ijod sehri»
«Hikmatlar sadosi»
«Hayot so`qmoqlari»
«Umr yo`llari»
«Tonggi mehmon»
«Interer»
«Musiqiy bellashuv»
«Kulgi terapiya»
«Radiopatrul»
«Ostonasi tillodan»
«Tarix ko`zgusi»
«Yurt o`g'lonlari»
«Konstitutsiya va biz»
«Mentalitet»
«Hafta nafasi»
«Afsonaviy retro»
«Uchinchi odam»
 «Yetti mo`jiza»
 «Muhabbat dardlari»
«Hikmatlar sadosi»
«Gulchehralar»
«Vatan ichra, Vatanim!»
«Hayot darsi»
«Yakshanba uchrashuvi»
 «Yoshlar» pochtasidan
 «Radioafisha»
 «Moziyga qaytib»
 «Askar maktublari»
 «Kolliziya»
«Davr hafta ichida»
«Xotira uyg'onsa, go`zaldir»
«Jo`yali gap»
«Oqshomga qadar».

Manzili va kontaktlari: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, 1000011, Navoiy ko`chasi 69-uy.
Telefon: (8 371) 214-19-99 faks raqami: (8 371) 214-18-94.
Elektron pochta manzili: yoshlar@mtrk.uz