O'zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi

    • "O`zbekiston" Teleradiokanali
    • "Yoshlar" Teleradiokanali
    • "Sport" Teleradiokanali
    • "Toshkent" Teleradiokanali
    • "Madaniyat va ma’rifat" Telekanali
    • "Dunyo bo‘ylab" Telekanali
    • "Bolajon" Telekanali
    • "Navo" Telekanali
    • "Diyor" Telekanali
    • "Oilaviy" Telekanali
    • "Kinoteatr" Telekanali
    • "uzhd" Telekanali
    • "Mahalla" Telekanali
  • "O`zbekiston" Teleradiokanali
  • "Yoshlar" Teleradiokanali
  • "Toshkent" Teleradiokanali
  • "Mahalla" Telekanali
    • Andijon TRK
    • Buxoro TRK
    • Jizzax TRK
    • Qoraqalpog'iston TRK
    • Qashqadaryo TRK
    • Navoi TRK
    • Namangan TRK
    • Samarqand TRK
    • Sirdaryo TRK
    • Surxondaryo TRK
    • Farg'ona TRK
    • Xorazm TRK


"Yoshlar" Teleradiokanali


  • «Davr»

    Informatsion dasturi

    Vaqti
    Hafta kunlari
    • Du
    • Se
    • Ch
    • Pa
    • Ju
    • Sh
    • Ya

I. Jamiyatning nomi, manzili, yuridik maqomi

 1. Quyida Jamiyat deb nomlanuvchi yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «Yoshlar» teleradiokanali» O`zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya etish to`g'risidagi qonuni»ga muvofiq va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil teleradio kanallarni isloh etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g'risida»gi 2005 yil 8 noyabrdagi № PF-3678-son Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g'risida»gi 2005 yil 27 dekabrdagi № PQ-245-son qarori asosan tashkil etilgan.

2. «Yoshlar» teleradiokanali» yopiq aksiyadorlik jamiyati (keyinchalik- Jamiyat) o`z faoliyatini mustaqil teleradio kanallarini yanada rivojlantirish va isloh etish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholi hamda jamiyatning xar tomonlama va xolis axborotga bo`lgan talab va ehtiyojlarini qondirishda mamlakatimizning elektron ommaviy axborot vositalari rolini oshirish maqsadida, shuningdek O`zbekiston teleradiokanallari o`rtasida tele-, radiomahsulot sifatini, badiiy va professional saviyasini oshirishga, aholining xilma-xil va ishonchli axborotga bo`lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan dasturlar va ijodiy g'oyalarning sog'lom raqobatini rivojlantirish zaruratini hisobga olgan holda amalga oshiradi.

3. Jamiyatning nomi:

davlat tilida to`liq - «Yoshlar» teleradiokanali» aksiyadorlik jamiyati, qisqacha - «Yoshlar» teleradiokanali» AJ;

rus tilida to`liq - Акционерное общество «Телерадиоканал «Yoshlar», qisqacha - АО «Телерадиоканал «Yoshlar»;

ingliz tilida to`liq - «Yoshlar» Teleradiochannel»  Joint Stosk Sompany, qisqacha - «Yoshlar» Teleradiochannel» JSS.

4. Jamiyat o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisi Palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi buyruqlari, mazkur Ustav va uning faoliyatiga taalluqli bo`lgan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanadi.

5. Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o`zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo`ladi, o`z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda davogar va javobgar bo`lishi mumkin.

Jamiyat O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida o`rnatilgan tartibda davlat ro`yxatidan o`tgandan so`ng yuridik shaxs maqomini oladi va cheklanmagan muddatga tuziladi, shuningdek O`zbekiston Respublikasi banklarida o`z hisob raqamlariga ega bo`ladi.

6. Jamiyat dumaloq muhriga, shtamplariga va davlat tilidagi to`liq firma nomi va joylashgan manzili ko`rsatilgan blanklariga ega bo`ladi.

7. Jamiyatning faoliyati 2010 yilgacha davlat byudjeti mablag'lari, tasischilarning badallari, xomiylik va reklama mablag'lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Jamiyatni byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirish (har yili – 20% dan) va o`zini - o`zi to`la taminlashga o`tkazish 2010 yilgacha, mazkur davrda davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan korxonalar, muassasa va tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar saqlab qolingan holda, bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi.

8. Jamiyat o`rnatilgan tartibda yuridik shaxs hisoblanmaydigan filiallar tuzishi va vakolatxonalar ochishi, aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida ish yuritadigan yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan shuba va qaram xo`jalik jamiyatlariga ega bo`lishi mumkin.

9. «Yoshlar» teleradiokanali» yopiq aksiyadorlik jamiyatining joylashishi (pochta manzili): O`zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 69.

 II. Jamiyatning asosiy vazifalari, faoliyat yo`nalishlari va funktsiyalari

 10. Jamiyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

mamlakatni demokratik yangilash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida yoshlarning ishtirokini keng yoritish;

umuminsoniy qadriyatlarni targ'ib qilish, yigit va qizlarni xalqimizning tarixiy an'analari, manaviy qadriyatlari, milliy madaniyatimiz va jahon tsivilizatsiyasining ilg'or yutuqlari asosida manaviy-ahloqiy jihatidan yetuk, marifatli, bilimli hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz zamonaviy yoshlarining ichki manaviy dunyosini nomoyon etishga yo`naltirilgan teleko`rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash;

O`zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yosh avlodning faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan respublika va xalqaro miqyosdagi turli tele- radiofestivallarni tashkil qilish;

xalqimizning boy madaniy va manaviy merosini saqlab qolishga, folklor-etnografik an'analarni rivojlantirishga, milliy hamda jahon adabiyoti, musiqasi, teatri, kinosi, tasviriy san'atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan muhim ijtimoiy, gumanitar-marifiy teleko`rsatuv va radioeshittirishlarini tashkil qilish.

Jamiyat jurnalistlari va texnik xodimlarining mahoratini va ijodiy faolligini oshirish maqsadida ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan chet elda o`quv stajirovkalarini tashkil etish.

11. Jamiyat yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

mamlakat hududida va xorijda teleradiodasturlarni tashkil etish;

teletomoshabin va radiotinglovchilarga O`zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotidagi demokratik jarayonlar hamda xorijda sodir bo`layotgan voqea-hodisalar haqida har tomonlama va xolis axborot berish;

aholining turli qatlamlari uchun qiziqarli bo`lgan hamda yoshlarning manaviy-g'oyaviy, vatanparvarlik tarbiyasiga qaratilgan muhim ijtimoiy-siyosiy, gumanitar mavzularni, respublika yoshlarining madaniyat, fan, marifat, sport sohasidagi yutuqlarini, yoshlar muammolarini yoritish;

mamlakatda sodir bo`layotgan demokratik islohotlarning mohiyatini, respublika yoshlarining mamlakatni modernizatsiyalash jarayonidagi, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi roli va vazifalarini ochib beruvchi teleradiodasturlarni yaratish;

Jamiyatni samarali rivojlantirish maqsadida mamlakat, xorijiy va halqaro tashkilotlar va moliya institutlarining moliyaviy va moddiy mablag'lari, grantlarni jalb etish;

Jamiyatning teleradiodasturlarni shakllantirish, saqlash va tarqatish yuzasidan moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, modernizatsiyalash va mustahkamlashga qaratilgan loyiha hamda dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

teleko`rsatuv va radioeshittirishlar uchun teleradiodasturlar, telefilmlar, adabiy va musiqiy asarlar, sahna asarlari yaratilishining ijodiy-ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish;

Jamiyat uchun majburiy normativ akt hisoblangan istiqboldagi ko`rsatuv va eshittirishlar setkasini o`rnatilgan tartibda Vasiylik kengashida tasdiqlash uchun kiritish;

Jamiyatning ijodiy-ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq bo`lgan meyoriy hujjatlarini ishlab chiqish va o`rnatilgan tartibda Vasiylik kengashida tasdiqlash uchun kiritish;

teleradioeshittirishlarni rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan turli bosma nashrlarni chop etishda qatnashish, xalqaro simpozium, konferentsiya, teleradiobozor, festival va boshqa tadbirlarda o`rnatilgan tartibda ishtirok etish;

dasturlarning haqiqiy hajmi, sifati, janri, reytingiga hamda ularni tayyorlash va translyatsiya qilish meyorlariga qarab Jamiyat xodimlarining ish xaqini belgilash va to`lashning ilg'or shakllarini o`rnatilgan tartibda qo`llash;

kadrlarni kontrakt-tanlov asosida ishga olish va joylashtirish, o`rnatilgan tartibda respublika va chet ellardagi oliy o`quv yurtlari bazasida Jamiyat kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkillashtirishda ishtirok etish;

Jamiyat ijodiy va ishlab chiqarish-texnik xodimlarini tarifikatsiyalash tartibini belgilash uchun Vasiylik kengashiga takliflar kiritish;

faoliyatni rivojlantirish istiqbollarini rejalashtirish va aniqlash, asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlarni yaxshilash, bajariladigan ishlar hajmini oshirish;

O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida o`rnatilgan hollarda va tartibda davlat idoralariga axborotlar taqdim etish;

Jamiyat teleradiodasturlarini reytingini aniqlash va oshirish maqsadida teleradioauditoriyada sotsiologik o`rganishlarni amalga oshirish;

o`rnatilgan tartibda televidenie va radioeshittirishlar sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshirish.

12. Jamiyat yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

teleko`rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash uchun zarur bo`lgan malumotlarni o`rnatilgan tartibda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va mansabdor shaxslardan olish;

Jamiyatni Qo`llab-quvatlash va rag'batlantirish fondi mablag'lari hisobidan teleradiomahsulotlarning ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo`lgan texnik vositalar va uskunalarni xarid qilish masalalari bo`yicha takliflarni Vasiylik kengashiga kiritish;

teleradiodasturlarning badiiy, kasbiy darajasi va reytingiga qarab Jamiyatning barcha toifadagi xodimlari uchun individual ustama va qo`shimcha to`lovlar, mukofot va rag'batlantirish ko`rinishidagi boshqa to`lovlar miqdorini aniqlash va belgilash;

Jamiyatni Qo`llab-quvatlash va rag'batlantirish fondi mablag'lari hisobidan ijodiy jarayon uchun zarur bo`lgan anjomlar va ofis hamda boshqa mol-mulkni sotib olish;

Jamiyatda buyurtma bo`yicha tayyorlanayotgan teleradiomahsulotlar narhini, shuningdek bajarilgan xizmatlar uchun tarifni Vasiylik kengashi belgilagan meyorda milliy va xorijiy valyutada belgilash;

O`zbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda o`rnatilgan tartibda Jamiyatning muhbirlik punktlarini tashkil etish;

o`rnatilgan tartibda teleradiolotoreyalarni tashkil etish hamda mamlakat OAV, madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi yutuqlar uchun maxsus mukofot va prizlarni joriy etish;

reklama-tijorat faoliyatini amalga oshirish va undan olingan pul mablag'ini Vasiylik kengashida belgilangan tartib doirasida sarflash;

televidenie va radioeshittirishlar sohasidagi muammolarni tadqiqot etish va ularni hal etishning munosib yo`llarini topish uchun yuqori malakali mutaxassis va ekspertlarni jalb etish;

mamlakat elektron OAV rivojlantirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini, moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, teleradiomahsulotlarning badiiy saviyasini oshirish, teleradioeshittirish subektlari va ularning xodimlari faoliyatida kasbiy etik meyorlarga rioya qilinishi masalalari bo`yicha takliflar tayyorlash uchun tashkil etilayotgan ishchi guruhlari va komissiyalarda ishtirok etish;

teleradioeshittirishlar sohasidagi meyoriy- huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish va uni yanada takomillashtirishga oid taklif va mulohazalarni o`rnatilgan tartibda kiritish;

Jamiyatga bo`ysunadigan alohida tuzilmalarning ishlab chiqarish-ijodiy kontseptsiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularning moliyaviy va moddiy-texnik taminoti bo`yicha Vasiylik kengashiga takliflar kiritish;

Jamiyatga yuklatilgan vazifa va funktsiyalar doirasida shartnomaviy narxlar va tariflarda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko`rsatish;

Vasiylik kengashi bilan kelishilgan holda:

yuklatilgan asosiy vazifalar doirasida televidenie va radioeshittirishlarning xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari bilan teleradiodasturlar, ilmiy-metodik, texnik, tijorat va boshqa sohalarga oid axborot bilan almashuv masalalari bo`yicha ikki tomonlama va ko`p tomonlama kelishuvlarni imzolash;

tanlov, festival, viktorina va Jamiyatning faoliyati bilan bog'liq boshqa tadbirlarni o`tkazish uchun mablag'lar ajratish meyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

efir vaqtidan samarali foydalanish maqsadida ko`rsatuv va eshittirishlar setkasini shakllantirish;

chet eldagi davlat va nodavlat teleradiokmpaniyalari, axborot agentliklari hamda teleradioeshittirishlar sohasidagi xalqaro tashkilotlar bilan axborot sohasidagi samarali xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

unga biriktirilgan mol-mulkni va smeta bo`yicha ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni boshqa shaxsga berish yoki uni boshqacha usulda tasarruf etish;.

O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mulkni, qarzlarni, kamomadni va boshqa xil yo`qotishlarni o`rnatilgan tartibda balans hisobidan chiqarish.

Jamiyat asosiy faoliyati doirasidagi qonunchilikda o`rnatilgan tartibda badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish; kinovideofilmlarni hamda dasturlarni ko`paytirish, dublyaj qilish va realizatsiya qilish; O`zbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-kontsert faoliyatlarini amalga oshirish huquqiga ega.

Jamiyat o`rnatilgan tartibda boshqa huquqlarga ega bo`lishi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.

 III. Jamiyatning Ustav fondi va mulki

 13. Jamiyatning Ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo`lishi lozim.

Jamiyatning Ustav fondi uning mol-mulki va aktivlarining o`z kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi

14. Jamiyatning Ustav fondi tasischilarning badallari hisobidan tashkil topadi, aksiyadorlarga aksiyalar o`rniga ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar beriladi.

15. Jamiyat Ustav fondining miqdori 51 900 dona aksiyalarga bo`lingan 1.038.000,0 (bir milliard o`ttiz sakkiz million) so`mni tashkil etadi, jumladan:

Davlat ulushi – 51 %, 26 469 dona aksiyalarga bo`lingan 529.380,0 (besh yuz yigirma to`qqiz million uch yuz sakson ming) so`m;

«Kamolot» O`zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati ulushi – 19 %, 9 861 dona aksiyalarga bo`lingan 197.220,0 (bir yuz to`qson yetti million ikki yuz yigirma ming) so`m;

«O`zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasining ulushi – 15 %, 7 785 dona aksiyalarga bo`lingan 155.700,0 (bir yuz ellik besh million yetti yuz ming) so`m;

«O`zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining ulushi – 15 %, 7 785 dona aksiyalarga bo`lingan 155.700,0 (bir yuz ellik besh million yetti yuz ming) so`m.

Har bir aksiyaning nominal qiymati 20 000 (yigirma ming) so`mni tashkil etadi.

«Yoshlar» teleradiokanali» yopiq aksiyadorlik jamiyatida aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqi O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga topshiriladi.

16. Jamiyatning Ustav fondiga davlat ulushi sifatida orgtexnika, ofis anjomlari, intelektual mulk obektlari va teleradiodasturlarni tayyorlash uchun zarur bo`lgan boshqa mulklar kiritiladi.

Jamiyatning boshqa tasischilari ulushlari pul mablag'lari hisobidan tashkil qilinadi.

17. Jamiyatning mol-mulkini asosiy mablag'lar, shuningdek qiymati Jamiyat balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulklar tashkil etadi.

Jamiyatning mol-mulki O`zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq uning balansida hisobga olinadi.

18. Jamiyatning mol-mulki uning tasischilarining badallari, pul mablag'lari va moddiy boyliklar, tadbirkorlik faoliyati, qimmatli qog'ozlardan olingan daromadlar, banklar va boshqa kreditorlarning kreditlari, ehsonlar, badallar, grantlar, shuningdek qonunchilikda man etilmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi.

19. Jamiyatning Ustav fondini shakllantirish uchun birlamchi kiritilgan mol-mulk garov yoki majburiyatlarni taminlashning boshqa usuli sifatida, shuningdek kreditlarning berilishi uchun ishlatilishi, tasischilarnig o`rtasida taqsimlanmydi va faqatgina Ustavda belgilangan maqsad va vazifalarini bajarish uchun ishlatiladi.

20. Jamiyat Ustav fondining birlamchi umumuiy miqdori O`zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo`mitasi tomonidan belgilanadi.

21. Jamiyat Ustav fondining ko`paytirish yoki kamaytirilishi to`g'risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. Bunda tomonlarning roziligi bilan aksiyadorlar o`z qo`shimcha badallarini pul mablag'lari, mol-mulk, huquq va xizmatlar shaklida kiritishlari mumkin.

22. Jamiyatning Ustav fondini shakllantirishda moddiy va boshqa boyliklarni baholash O`zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar Jamiyat mol-mulkining tarkibiga kiruvchi alohida obektlarga maxsus huquqlariga ega bo`lmaydi. Jamiyat uning boshqaruviga berilgan mol-mulkning egasi va tasarruf etuvchisi hisoblanadi.

23. Badallarni kiritish tartibi tasischilarnig qarori bilan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

 IV. Jamiyat aksiyalari, daromad (foyda)ni taqsimlash, dividend to`lash va zararlarni qoplash tartibi, tuziladigan Fondlar

 24. Jamiyatning qimmatli qog'ozlarini chiqarish, ularni ro`yxatdan o`tkazish va ular bo`yicha hisob-kitoblar tartibi O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi, mazkur Ustav bilan o`rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Jamiyat quyidagilarni: aksiyalar, obligatsiyalar va O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan man etilmagan boshqa qimmatli qog'ozlar chiqarishga haqli.

Jamiyat aksiyalarining nominal qiymati 20 000 (yigirma ming) so`m bo`lgan, umumiy qiymati 1,038 mlrd.( bir milliard o`ttiz sakkiz million) so`mni tashkil etadigan 51 900 dona oddiy egasi yozilgan aksiyalarni chiqarishni amalga oshiradi.

25. Jamiyatning faoliyati natijasida olingan Jamiyat foydasi qonunchilik bo`yicha soliqlar to`langanidan so`ng Jamiyatning ihtiyorida qoladi va Jamiyatning fondlarini tuzish, Jamiyatning yillik ish natijalari bo`yicha mukofotlarni to`lash hamda qonunchilik va mazkur Ustavga muvofiq aksiyalar bo`yicha dividendlarni to`lash uchun ishlatiladi.

26. Dividendlarni to`lash O`zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g'risida»gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

27. Jamiyatda teleko`rsatuvlar va radioeshittirishlarning yuqori sifatini, yangi yuksak badiiy teleko`rsatuvlar, radioeshittirishlar va filmlarni tayyorlash, teleradioko`rsatuv va eshittirishga zamonaviy axborot, kompyuter va mediatexnologiyalarini joriy etishni taminlaydigan ijodiy jamoalar, studiyalar va ayrim xodimlarni moddiy rag'batlantirish maqsadida Qo`llab-quvvatlash va rag'batlantirish fondi tashkil etiladi.

Qo`llab-quvvatlash va rag'batlantirish fondini shakllantirish manbalari o`rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan Fond to`g'risidagi Nizomda belgilanadi.

28. Jamiyatda qonunchilik bilan belgilangan tartibda sof foyda hisobiga quyidagi fondlar tuzilishi lozim:

zaxira fondi Jamiyat Ustav fondining o`n besh foizi miqdorda;

aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi bilan belgilanadigan, Jamiyatning faoliyati uchun zarur bo`lgan boshqa fondlar.

 V. Jamiyat aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari

 29. Jamiyatning aksiyadorlari O`bekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g'risida»gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq huquqlarga ega bo`ladi va majburiyatlarni bajaradi.

Jamiyatning aksiyadorlari Jamiyatning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi, Jamiyat o`z aksiyadorlarining majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi.

 VI. Jamiyatni boshqarish

 30. Jamiyatni:

aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi;

Jamiyatning Kuzatuv kengashi (Vasiylik kengashi) (keyinchalik – Vasiylik kengashi);

ijroiya Direktsiyasi (keyinchalik – Direktsiya) boshqaradi.

31. Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi Jamiyatni boshqarishning oliy organidir. Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda o`tkaziladi.

32. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatiga quyidagilar kiradi:

Jamiyat Ustaviga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish yoki Jamiyatning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash;

Jamiyatni qayta tashkil etish;

Jamiyatning tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;

Jamiyat Vasiylik kengashi miqdor tarkibini o`rnatilgan tartibda belgilash, uning azolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

elon qilingan aksiyalarning eng ko`p miqdorini belgilash;

Jamiyatning Ustav fondini ko`paytirish yoki kamaytirish;

Shuningdek O`zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g'risida»gi Qonunining 65-moddasida ko`zda tutilgan boshqa vakolatlar.

 VII. Jamiyatning Vasiylik kengashi

 33. «Yoshlar» teleradiokanali» yopiq aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga rahbarlikni Jamiyatning Vasiylik kengashi amalga oshiradi. Vasiylik kengashi besh kishidan iborat bo`lib, tarkibiga O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining raisi va Jamiyat aksiyadorlarining vakillari kiradi.

34. Vasiylik kengashiga Rais tomonidan boshchilik qilinadi. O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining raisi Jamiyat Vasiylik kengashining Raisi hisoblanadi.

Vasiylik kengashining shaxsiy tarkibi har yili aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida tasdiqlanadi.

35. Aksiyadorlar umumiy yigilishi qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashi azolariga ular o`z vazifalarini bajarib turgan davrda badal to`lanadi va (yoki) Vasiylik kengashining azosi vazifasini bajarish bilan bog'liq harajatlari qoplanadi. Bunday badal va to`lovlarning miqdori aksiyadorlar umumiy yigilishi qarori bilan belgilanadi.

36. Jamiyatning Vasiylik kengashi quyidagi huquqlarga ega:

Jamiyat faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini hamda mablag'larni ishlatish shartlarini belgilash;

Jamiyat Direktorini lavozimiga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod qilish;

Jamiyat Direktsiyasining rahbariyat tarkibini intizomiy va mulkiy javobgarlikka tortish to`g'risidagi qarorlar qabul qilish;

Jamiyat xodimlarini moddiy rag'batlantirish, mehnatiga haq to`lash miqdori va shakllarini o`rnatish;

Jamiyatning faoliyati va uning qonunchilikka, mazkur Ustav va Jamiyat Vasiylik kengashining qarorlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Jamiyat uchun majburiy normativ akt hisoblangan istiqbolli ko`rsatuv va eshittirishlar setkasini tasdiqlash;

Jamiyatni ijodiy-ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq bo`lgan meyoriy hujjatlarni tasdiqlash;

Jamiyat Direktsiyasini o`rnatilgan tartibda shakllantirish;

Jamiyatning pul mablag'i va boshqa mol-mulklarining maqsadli ishlatilishini taminlash;

Jamiyatning byudjet, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tasdiqlash;

Jamiyatning yillik balansi, yillik moliyaviy hisobotini, jumladan Direktsiyaning Jamiyat faoliyati to`g'risidagi hisobotini ko`rib chiqish va aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga uning tasdiqlashi uchun kiritish;

yirik bitim predmeti hisoblangan mol-mulk qiymatini aniqlash va yirik bitim tuzish to`g'risida qaror qabul qilish

Jamiyat faoliyatini tekshirishni amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlarini jalb etish;

Jamiyat Direktsiyasining Jamiyat ustav maqsadlari va vazifalariga zid keluvchi qarorining bajarilishini to`xtatish yoki uni bekor qilish.

37. Jamiyat Vasiylik kengashi mazkur Ustav bilan Vasiylik kengashi vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal qilish uchun Jamiyatning Direktsiyasiga o`tkazishi mumkin emas.

38. Jamiyat Vasiylik kengashining majlisi qonunchilikda o`rnatilgan tartibda o`tkaziladi.

39. Vasiylik kengashi majlisi natijalari bo`yicha Vasiylik kengashining Raisi tomonidan imzolanadigan tegishli qaror qabul qilinadi.

40. Vasiylik kengashining Raisi:

Vasiylik kengashi majlislarini chaqiradi;

Vasiylik kengashi qarorlarini imzolaydi;

Jamiyatning faoliyatini bo`yicha boshqarish vakolatlarini bajaradi;

Vasiylik kengashi majlislari orasidagi davrlarda Umumiy yig'ilish qabul qilgan qarorlarni ijrosini taminlash maqsadida Jamiyatning Direktsiyasi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Jamiyatning tasdiqlangan xarajatlar smetasi bajarilishini nazorat qiladi;

Jamiyatning buyurtma asosida tayyorlanadigan teleradiomahsulotlar narxlarini, shuningdek ko`rsatilgan xizmatlar tariflarini milliy va chet el valyutasida belgilaydi;

mol-mulkning maqsadli ishlatilishi va saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

mazkur Ustavdan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

41. Vasiylik kengashiga ko`rib chiqish uchun masalalarni kiritish huquqi Vasiylik kengashining Raisiga, uning azolariga va Jamiyatning Direktoriga tegishli.

42. Vasiylik kengashining navbatdan tashqari majlisi Vasiylik kengashini Raisining tashabbusiga, shuningdek Vasiylik kengashi yoki Taftish komissiyasi azolaridan birining yozma talabiga ko`ra chaqiriladi.

43. Vasiylik kengashining qarorlari majlis chaqirilmagan holda uning azolari o`rtasida so`rov o`tkazish yo`li bilan qabul qilinishiga yo`l qo`yiladi.

44. Vasiylik kengashining qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, ular kotib tomonidan imzolanib, Vasiylik kengashining Raisi tomonidan tasdiqlanadi va Vasiylik kengashining barcha azolari etiboriga yetkaziladi.

 VIII. Jamiyatning Direktsiyasi

 45. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlikni aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi va Vasiylik kengashi oldida hisobot beruvchi Direktor boshchiligidagi Jamiyat Direktsiyasi amalga oshiradi, Jamiyat faoliyatini tashkillashtirishda ularning qarorlarini bajarilishini taminlaydi.

46. Jamiyatning Direktori o`rnatilgan tartibda Jamiyat Vasiylik kengashi qarori bilan lavozimiga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.

47. Jamiyatning Direktori Jamiyat faoliyatini o`rnatilgan tartibda Jamiyatning tasdiqlangan tashkiliy tuzilmasiga muvofiq tashkil etadi.

48. Jamiyatning Direktori:

Jamiyatning ijodiy faoliyatiga rahbarlik qilishni amalga oshiradi va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo`ladi;

Jamiyat ishlab chiqaradigan teleradiodasturlarning yuksak kasbiy saviyasini taminlaydi;

Jamiyatni davlat organlari, muassasalari va tashkilotlarida, jumladan xalqaro muassasalar va tashkilotlarda ifoda etadi;

Jamiyat uchun majburiy normativ akt hisoblangan istiqbolli ko`rsatuv va eshittirishlar setkasini tasdiqlash uchun Jamiyatning Vasiylik kengashiga kiritadi;

Jamiyat nomidan yuridik va jimoniy shaxslar bilan shartnomalar va bitimlar tuzadi hamda ushbu operatsiyalarning amalga oshirilishi uchun boshqa shaxslarga ishonchnomalar beradi, ishonchnomasiz Jamiyat nomidan ish yuritadi;

Jamiyatning Umumiy yig'ilishi bilan kelishilgan holda xarajatlar smetasini tuzadi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;

lavozim yo`riqnomalarini tasdiqlaydi, qonunchilikda o`rnatilgan tartibda Jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi va bekor qiladi;

Jamiyat xodimlari uchun bajarilishi majburiy bo`lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa ichki hujjatlarni chiqaradi;

Jamiyat mol-mulkini, shu jumladan moliyaviy mablag'larni boshqaradi;

aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi, Vasiylik kengashida ko`rib chiqish uchun zarur materiallar va takliflarni tayyorlashni amalga oshiradi va ular qabul qilgan qarorlar va ko`rsatmalarni bajarilishini taminlaydi;

Jamiyat nomidan qonunchilikka muvofiq tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan e'tiroz va davolar berish haqida qarorlar qabul qiladi;

o`rnatilgan tartibda Jamiyatning maqsadlariga erishish uchun zarur bo`lgan, Ustavga muvofiq Vasiylik kengashi vakolatiga kiritilgan masalalardan tashqari, boshqa har qanday harakatlarni amalga oshiradi.

49. Direktor qonunchilikda o`rnatilgan muddatga tayinlanadi.

Uning vakolatlari o`rnatilgan tartibda Vasiylik kengashi qaroriga ko`ra muddatidan oldin tugatilishi mumkin.

50. Jamiyat Direktori moliyaviy yil tugaganidan so`ng 3 oy ichida Umumiy yig'ilishga Jamiyatning yillik balansini, foyda va zararlar hisobini hamda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishi shart.

 IX. Taftish komissiyasi

 51. Jamiyatning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini tekshirish uchun aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi uch yil muddatga uch kishidan iborat tarkibda Taftish komissiyasini saylaydi.

52. Jamiyat Taftish komissiyasining azolari bir vaqtning o`zida Jamiyat Vasiylik kengashi va Direktsiyasi azolari bo`lishi mumkin emas.

53. Jamiyatning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini tekshirish yil yakunlariga ko`ra, shuningdek Vasiylik kengashining qaroriga ko`ra amalga oshiriladi.

54. Jamiyat Taftish komissiyasining talabiga ko`ra Jamiyatning boshqaruv organlarida lavozimlarni egallab turgan shaxslar unga moliyaviy-xo`jalik faoliyat to`g'risida hujjatlarni og'zaki yoki yozma shaklda taqdim etishga majbur.

55. Jamiyatning yillik hisobotlari va buxgalterlik balanslari Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanishidan oldin Taftish komissiyada majburiy tekshiruvdan o`tkaziladi.

56. Taftish komissiyasining faoliyati aksiyadorlarning umumiy yiilishi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

 X. Jamiyat faoliyatining auditorlik tekshiruvi

 57. Jamiyatning moliyaviy hisobotining haqqoniyligini, buxgalterlik hisobini yuritish tartibining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun Vasiylik kengashining qaroriga ko`ra qonunchilikda o`rnatilgan tartibda auditorlik tashkiloti jalb etiladi.

58. Auditorlik tashkilotini tanlash aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga ko`ra amalga oshiriladi. Jamiyat faoliyatining auditorlik tekshiruviga auditor sifatida Jamiyat faoliyati bilan bog'liq shaxslar jalb etilishi mumkin emas.

59. Auditorlik tashkiloti o`rnatilgan tartibda Jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto`g'ri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar bo`ladi.

 XI. Hisobot va tekshirishlar. Hisobning yuritilishi. Soliqlar

 60. Jamiyat ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyatining barcha turlari bo`yicha o`rnatilgan tartibda buxgalterlik, operativ va statistik hisobni yuritadi, hisobotlarni tuzadi va taqdim etadi, shu jumladan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga va Vasiylik kengashiga ham, hisobot va balanslarnig haqqoniyligini taminlaydi, O`zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq soliqlarni va boshqa to`lovlarni to`laydi.

61. Jamiyatning moliyaviy hisoboti, unga ilova qilingan materiallar bilan birgalikda Jamiyat Taftish komissiyasiga taftish qilish uchun hisobot yilidan keyingi yilning 15 martiga qadar taqdim etiladi.

62. Jamiyatning tugagan yildagi faoliyati natijalari to`g'risidagi hisobot aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga har yili 30 mart sanasigacha taqdim etiladi.

63. Jamiyatning buxgalterlik balansi Vasiylik kengashi tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 31 martiga qadar tasdiqlanishi lozim.

64. Jamiyatning moliyaviy-xo`jalik va tadbirkorlik faoliyatini tekshirish davlat soliq va boshqa organlar, auditorlik tashkilotlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida va O`zbekiston Respublikasining qonunchiligida o`rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

 XII. Jamiyatning qayta tashkil etish va tugatish

 65. Jamiyatning qo`shib yuborish, qo`shib olish, bo`lish, ajratib chiqarish, o`zgartirish shakllarida qayta tashkil etish aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi qarori bilan qonunchilikda o`rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

66. Jamiyatni tugatish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan, sudning qarori yoki O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko`ra amalga oshiriladi.

67. Jamiyat faoliyatini tugatishni yuridik shaxslarning davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organ bilan kelishgan holda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tayinlanadigan tugatish komissiyasi amalga oshiradi.

68. Tugatish komissiyasi Jamiyatning joylashgan manzilidagi matbuot organlarida uning tugatilishi hamda kreditorlar uchun etirozlarni bayon etish tartibi va muddati to`g'risida e'lon qiladi.

69. Tugatish komissiyasi:

Jamiyatning mavjud mulkini baholaydi;

uning kreditorlari va debitorlarini aniqlaydi hamda ular bilan hisob-kitob qiladi;

Jamiyatning uchinchi shaxslarga, shuningdek uning tasischilariga qarzlarini to`lash choralarini ko`radi;

Tugatish balansini tuzadi va uni aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

70. Jamiyatni tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritib qo`yilgandan so`ng Jamiyatni tugatish tamomlangan, faoliyati esa tugagan hisoblanadi.

71. Jamiyatning kreditorlar davolarining qondirilishidan keyin qolgan mol-mulki Jamiyatning aksiyadorlari o`rtasida, shuningdek Vasiylik kengashi, Direktsiyasi, Taftish komissiyasi azolari o`rtasida taqsimlanishi mumkin emas va O`zbekiston Respublikasining qonunchiligida o`rnatilgan tartibda ishlatiladi.

 XIII. Alohida qoidalar

 72. Jamiyatning davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish davridagi faoliyati tegishli litsenziya olinmasdan amalga oshiriladi.

Mazkur qoida Jamiyatni litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish bilan bog'liq qonun hujjatlariga muvofiq qo`yiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod etmaydi.

Jamiyatning tegishli litsenziya olinmasdan bajariladigan faoliyatlarga teleradioeshittirish sohasidagi faoliyat; badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish; kinovideofilmlarni hamda dasturlarni ko`paytirish, dublyaj qilish va realizatsiya qilish; O`zbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-kontsert faoliyatlarini amalga oshirishlar kiradi.

73. Jamiyat faoliyatini davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish davridagi Jamiyatning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini tekshirish o`rnatilgan tartibda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining talabi bo`yicha Jamiyat, uning boshqaruv organlarida lavozimlarni egallab turgan shaxslar unga moliyaviy-xo`jalik faoliyati to`g'risidagi hujjatlarni og'zaki yoki yozma shaklda taqdim etishlari shart.

Jamiyat o`zining moliyaviy-xo`jalik faoliyati to`g'risidagi hujjatlarni aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga yoki Vasiylik kengashiga kiritishdan oldin majburiy tartibda O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishib oladi.

74. Jamiyatning davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish davrida olinadigan dividendlari uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo'naltiriladi.

75. Mazkur Ustav 7 (etti) nusxada har biri rus va o`zbek tillarida tuzildi va bir xil kuchga ega. Ustav matnini turli xil talqin etish hollarida rus tilidagi matn asosida aniqlik kiritiladi.