«O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» DUK

Tashkilot haqida

Tashkilot haqida

   «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 fevraldagi «O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mediamarkazi faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi PQ-1488 son qaroriga asosan O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» davlat unitar korxonasi sifatida, o`rnatilgan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan.

   «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» davlat unitar korxonasi 2009-2011 yillarda qurib ishga tushirilgan binoda joylashgan bo`lib, milliy televizion filmlar va seriallar yaratish, shuningdek televidenie uchun konsert va boshqa ommaviy dasturlarni uyushtirish, hamda yozib olishni ta’minlashga imkon beruvchi Germaniyaning «BFE Studio und Medien Systeme Gmbh» kompaniyasi tomonidan etkazib o`rnatilgan eng zamonaviy multimediya va texnik vositalari bilan jihozlangan.

   Hozirgi kunda «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» davlat unitar korxonasida jami 5 ta studiya, jumladan 4 ta katta hamda 1 ta kichik studiya mavjud. Barcha studiyalar suratga olish jarayonida zarur bo`lgan apparatxonalari hamda montaj apparatxonalari, videoteka, fonoteka, mashg`ulot xonalari, kiyimxona, pardozxona, ovqatlanish, hamda dam olish xonalari bilan ta’minlangan. «O`zbekiston MTRK Mediamarkazi» davlat unitar korxonasida multimedia texnologiyalarining zamonaviy ishlab chiqarish-texnik bazasi yaratilgan bo`lib, dunyodagi mashhur firmalar: «Sony», «Canon», «Vinten», «Yamaha», «Sennheiser», «APPLE», «CISCO», «ARRI», «ETC» ishlab chiqargan tele-audio texnik uskunalari bilan jihozlangan, butun ishlab chiqarish jarayoni tele-video maxsulotlarni lentasiz tizimda ishlab chiqarishga asoslangan raqamli formatda ishlashga mo`ljallangan.

Maqsadi va asosiy vazifalari 

    Halqaro informatsion maydonda raqobatlashadigan raqamli formatdagi milliy telefilmlar, dastur va seriallar, yuqori ideologik darajadagi milliy badiiy telemahsulotlar ishlab chiqarish;

    Zamonaviy informatsion-kompyuterli va multimediali telemahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilish, yuqori sifatli teledasturlar va teleseriallar bilan ta’minlash hamda lentasiz, konveyer texnologiyali telemahsulotlar ishlab chiqarishda butun jahon raqamli radioeshittirish standarti bilan mos kelish, ilg`or etakchi chet el telekompaniyalarning tajribasidan o`z faoliyati davrida keng miqiyosda foydalanish;

    Film va seriallarni efirga tayyorlash, tok-shou janridagi siklli teleko`rsatuvlarni, konsertlar va boshqa dasturlarni yozishda texnologik, xizmat ko`rsatish va boshqa xizmatlarni shartnoma asosida tashkillashtirish;

   Xarid qilingan kompleksli zamonaviy multimediali texnologik uskunalardan samarali foydalanishni, texnik xizmat ko`rsatishni o`z vaqtida va sifatli ta’minlash, bundan tashqari uskunalarni zamonaviylashtirish chora tadbirlarini amalga oshirish, kelgusida mediamarkazning moddiy-texnika bazasini yangilash va texnik mustaxkamligini amalga oshirish.

  • IMG_0149.jpg
  • IMG_0203.jpg
  • IMG_0234.jpg
  • IMG_0240.jpg
  • IMG_0242.jpg
  • IMG_0278.jpg
  • IMG_6685.jpg
  • IMG_6763.jpg
  • IMG_6814.jpg
  • IMG_9806.jpg