Namangan

Namangan radiosi

Namangan radiosi

   Namangan radiosi ilk bor 1932 yil 1 may kuni efirga chiqib, eshittirishlar har kuni 1 soat hajmida uzatilgan.

   1934 yilga kelib ikki til - o`zbek va rus tillarida eshittirishlar efirga berila boshladi. 1957 yildan boshlab birinchi marta magnitofon bilan tumanlardan reportajlar tayyorlandi.

   1986 yilda yangi Radiouyi qurilib, foydalanishga topshirildi. 1987 yilda radio jamoasi tomonidan respublikada birinchi bo`lib Namangan– Ivanovo (Rossiya), Namangan – O`sh (Qirg‘iziston), Namangan – Xo`jand (Tojikiston) «radioko`prik»lari o`tkazilib, «Bevosita muloqot»lar olib borildi.

   1990 yilda tojik va rus tillarida ham eshittirishlar tashkil etildi.

   2004 yil 1 apreldan G‘M103,6 to`lqinidagi «Oltin zamin» radiosi eshittirishlar uzata boshlab, radiokanal kuniga 17 soatdan efirga chiqmoqda. 2015 yildan radioeshittirishlar raqamli formatda tarqatilmoqda.

   Hozirda Namangan radiosi arxiv fondida 15 300 dan ortiq nodir yozuvlar bor. Ular asosan qo`shiq, spektakllar, eshittirishlar, radiopostanovkalardan iborat bo`lib, YUnus Rajabiy, O`zbekiston xalq artistlari Halima Nosirova, Mukarrama Azizova, Berta Davidova, Habiba Oxunova, Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqov, Jo`raxon Sultonov, Lutfixonim Sarimsoqova, Hojixon Boltaev, Ergash Yo`ldoshev, Hasan Sultonov, Kamoliddin Rahimov, Ma’murjon To`xtasinov kabi san’at ustalarining ijod namunalaridir.